Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Oliy ta'lim tizimini rivojlantirish bo'yicha yangi farmon imzolandi

Prezident farmoniga muvofiq, mamlakatimiz oliy ta'lim va ilm-fan tizimini tubdan takomillashtirishga qaratilgan yangi islohotlar belgilandi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Mamlakatimizda oliy ta'lim sohasini yanada rivojlantirish, yoshlarni o'qishga keng qamrab olish va xalqaro ilg'or tajribalarni tatbiq etish maqsadida muhim chora-tadbirlar belgilandi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 10-apreldagi “Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar tizimini takomillashtirishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmoni bu boradagi huquqiy asos bo'lib xizmat qiladi.

Yangi tamoyillar va ilg'or universitetlar dasturi

Imzolangan hujjatga ko'ra, ta'lim taraqqiyotida “5T” tamoyili – ta'lim, tarbiya, tadqiqot, tijoratlashtirish va tizimli takomillashtirish yondashuvi joriy etiladi. Shu bilan birga, “U10 – O'zbekistonning global darajadagi ilg'or universitetlari” dasturi yo'lga qo'yilib, ilmiy klaster asosida ishlaydigan 10 ta oliy ta'lim muassasasiga milliy tadqiqot universiteti maqomi beriladi. Mazkur klasterlar ilmiy tashkilotlar, nufuzli xorijiy OTMlar va sanoat korxonalari hamkorligida tashkil etilib, ularning har biri 150 milliard so'mgacha moliyalashtiriladi. Loyihalar xalqaro Top-300 reytingiga kirgan universitetlar tajribasi asosida tanlov asosida saralanadi.

Reyting va moliyalashtirish mexanizmlari

2027-yil 1-yanvardan boshlab oliy ta'lim tashkilotlari faoliyatini baholaydigan yangi milliy reyting tizimi ishga tushadi. Ushbu natijalar asosida oliygohlar moliyaviy rag'batlantiriladi. Shuningdek, davlat grantlari asosida talabalarni o'qitish xarajatlarini aniqlashning yangi tartibi belgilanib, bunda professor-o'qituvchilar yuklamasi, moddiy-texnik baza hamda oliygoh reytingi inobatga olinadi. Davlat ilmiy dasturlari doirasida loyihalarni moliyalashtirishda tanlovsiz ajratish amaliyotiga chek qo'yilib, shaffof tizim yaratiladi.

Xalqaro integratsiya va qo'shimcha imkoniyatlar

Ta'lim tizimini xalqaro darajaga olib chiqish maqsadida xorijiy talabalarni qabul qilish “Study in Uzbekistan” platformasi orqali amalga oshiriladi. Bakalavriatni xorijiy tilda tamomlagan bitiruvchilar keyingi bosqichga hujjat topshirishda til sertifikatidan ozod qilinadi. Shuningdek, Oliy ta'limni rivojlantirish va global hamkorlik markazi tashkil etilib, har yili 500 nafargacha iqtidorli chet ellik yoshlar uchun “Yangi O'zbekiston stipendiyasi” ajratilishi ko'zda tutilgan.

Innovatsion rivojlanish agentligi faoliyati kengaytirilib, ilmiy loyihalarni saralashga sun'iy intellekt texnologiyalari tatbiq etiladi. Raqamli ta'lim va sun'iy intellektni rivojlantirish markazi esa yagona raqamli ekotizimni shakllantiradi. Vazirlikka qator qo'shimcha vakolatlar berilib, oliygohlarning boshqaruv samaradorligi va mustaqilligi oshirilishi ta'minlanadi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi