Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Oliy ta'lim vazirligi talabalar turar joylari sotuvi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan talabalar turar joylari sotuvga qo'yilgani haqidagi ma'lumotlar rad etildi.

TTahririyat 1 daqiqa

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi talabalar turar joylari sotuvga qo'yilgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar haqiqatga to'g'ri kelmasligini ma'lum qildi.

Vazirlikning ta'kidlashicha, ommaviy savdoga talabalar yashaydigan xonalar emas, balki talabalar turar joylari tarkibidagi bo'sh turgan yerto'la, hovli qismi, oshxona, bufet hamda yotoq joy sifatida foydalanilmaydigan boshqa yordamchi maydonlarni ijaraga berish uchun obektlar qo'yilgan. Xususan, Samarqand davlat tibbiyot universiteti, Farg'ona davlat universiteti, Guliston davlat universiteti, Urganch davlat universiteti, Farg'ona davlat texnika universiteti va Termiz davlat universitetidagi ayrim bo'sh maydonlar ommaviy savdolar orqali ijaraga berish uchun joylashtirilgan. Mazkur obektlar talabalar yashaydigan xonalar hisoblanmaydi va yotoqxonalardagi o'rinlar soni qisqarishiga sabab bo'lmaydi.

Shuningdek, O'zbekiston milliy pedagogika universitetining talabalar turar joyi sotuvga qo'yilgani haqidagi xabarlarga ham izoh berildi. Qayd etilishicha, mazkur obekt 2025 yilgi xususiylashtirish dasturi doirasida ommaviy savdoga chiqarilgan bo'lib, universitetning mavjud binolari faqat Yangi Toshkentda barpo etilayotgan zamonaviy kampus to'liq qurilib, foydalanishga topshirilganidan keyin bo'shatilishi sharti bilan xususiylashtiriladi. Vazirlik ma'lumotiga ko'ra, yangi kampusda zamonaviy o'quv binolari va 5 ming o'rinli talabalar turar joylari qurilmoqda. Loyiha universitetning budjetdan tashqari mablag'lari hamda xususiylashtirishdan tushadigan mablag'lar hisobidan amalga oshirilmoqda.

Talabalar yotoqxonalari qurilishi va ko'rsatkichlar

Rasmiy ma'lumotlarga ko'ra, 2025 yilda davlat-xususiy sheriklik asosida rejalashtirilgan 8 ming o'rin o'rniga jami 11 084 o'rinli talabalar turar joylari tashkil etilgan. 2022–2025 yillar davomida esa respublika bo'yicha 74,1 ming o'rinli yangi yotoqxonalar yaratilgan.

Ayni paytda respublikada qo'shimcha 38,5 ming o'rinli talabalar turar joylarini barpo etish loyihalari amalga oshirilmoqda. Shundan 30,7 ming o'rinli obektlarda qurilish ishlari davom etmoqda. Shuningdek, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ko'magida davlat-xususiy sheriklik asosida yana 10 ming o'rinli talabalar turar joylarini qurish rejalashtirilgan.

Vazirlik 2026 yil davomida respublika bo'yicha yana 12 110 o'rinli yangi talabalar turar joylarini foydalanishga topshirish rejalashtirilganini ham ma'lum qildi.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi