Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Oliy va kasbiy ta'lim muassasalariga qabul jarayonida nimalarga e'tibor qaratish lozim?

2026/2027-o'quv yili qabul jarayonida abituriyentlarni qiziqtirgan asosiy savollarga mutaxassis javob berdi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

2026/2027-o'quv yilida oliy va kasbiy ta'lim muassasalariga hujjat topshirish hamda test sinovlari bilan bog'liq jarayonlar davom etmoqda. Abituriyentlarni qiynayotgan savollarga Bilim va malakalarni baholash agentligi Sirdaryo viloyati bo'limi bosh mutaxassisi Jamshid Mamarajabov o'z tushuntirishlarini berdi.

Hujjat topshirish va ro'yxatdan o'tish tartibi

Abituriyentlar my.uzbmb.uz platformasi orqali onlayn tarzda shaxsiy kabinet ochib, ro'yxatdan o'tadilar. Jarayon davomida kiritilgan ma'lumotlarni tahrirlash imkoniyati mavjud. Buning uchun asosan pasport yoki ID-karta ma'lumotlari talab etiladi. Imtiyoz va sertifikatlar tegishli axborot tizimlari orqali avtomatik tekshiriladi.

Telefon raqami boshqa shaxs nomida bo'lgan taqdirda ham ro'yxatdan o'tishga ruxsat etiladi, biroq raqam faol bo'lib, SMS xabarnomani qabul qilishi shart. Joriy yil bitiruvchilarining attestat ma'lumotlari davlat tizimidan avtomatik olinadi. Hujjat topshirish muddati yakunlangach, tizim avtomatik ravishda yopiladi va kech qolganlarga imkon berilmaydi.

Test sinovlari va to'lovlar

Belgilangan to'lov hujjat topshirish vaqtida amalga oshiriladi va u tasdiqlangach ariza yakuniy holatga keladi. Qonunchilikka ko'ra ayrim toifadagi shaxslar bu to'lovdan ozod qilingan. Abituriyentlar test sinovlarini topshirish hududini o'zlari mustaqil tanlaydilar.

Agar fanlar majmuasi noto'g'ri tanlangan bo'lsa, uni hujjat topshirish muddati tugagunga qadar o'zgartirish mumkin. Chet tili sertifikati shaxsiy kabinetda ko'rinmasa, ma'lumotlarni tekshirib, muammo hal bo'lmasa Agentlikning hududiy bo'limlari yoki Call-markaziga murojaat qilish lozim.

Yo'nalishlarni tanlash va asosiy xatolar

Qabulning ikkinchi bosqichida abituriyentlar beshtagacha bakalavriat ta'lim yo'nalishini tanlash huquqiga ega bo'ladilar. Ariza qabul qilingani shaxsiy kabinetda ko'rsatiladi.

Mutaxassisning ta'kidlashicha, abituriyentlar ko'pincha fanlar majmuasini noto'g'ri tanlash, telefon raqami yoki sertifikat ma'lumotlarini xato kiritish hamda jarayonni oxirgi kunlarga qoldirish kabi xatolarga yo'l qo'yadilar. Shu sababli har bir bosqichda ma'lumotlarni sinchiklab tekshirish tavsiya etiladi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi