Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

O'qishni ko'chirish va qayta tiklash bo'yicha test sinovlari vaqtlari ma'lum qilindi

O'qishni ko'chirish va qayta tiklash bo'yicha o'tkaziladigan test sinovlarining vaqtlari hamda tartibi e'lon qilindi.

TTahririyat 1 daqiqa

Test sinovlari vaqti va smenalar

O'qishni ko'chirish va qayta tiklash bo'yicha sinovlar ikki smenada tashkil etiladi. Birinchi smenadagilar soat 08:00 dan 11:00 gacha, ikkinchi smenadagilar esa 15:00 dan 18:00 gacha imtihon topshiradilar.

Talabgorlar sinov hududiga belgilangan vaqtdan oldin, ya'ni birinchi smena uchun soat 07:30 gacha, ikkinchi smena uchun esa 14:30 gacha shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan kelib, barcha tekshiruvlardan o'tishi hamda o'z o'rnini egallashi shart. Sinov joyiga kelish muddati imtihon boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin etib belgilangan.

Fanlar bloki va savollar soni

Imtihon jarayonida talabgorlar ikkita mutaxassislik va uchta majburiy fan bo'yicha sinovdan o'tadilar. Har bir mutaxassislik fani bo'yicha 30 tadan, majburiy fanlardan esa 10 tadan savol beriladi. Jami test topshiriqlari soni 90 tani tashkil etadi.

Mazkur test topshiriqlarini bajarish hamda javoblar varaqasini to'ldirib ko'chirish uchun jami 3 soat vaqt beriladi.

Sinovda qatnashish uchun zarur bo'lgan ruxsatnomani Bilim va malakalarni baholash agentligining my.uzbmb.uz rasmiy veb-sayti orqali yuklab olish mumkin.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi