Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

O'qituvchilar sudga murojaat qilishda davlat bojidan ozod etilganmi?

O'zbekistonda pedagoglar kasbiy faoliyati davomida o'z huquqlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qilganda davlat bojidan ozod qilinadi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Konstitutsiyaning 52-moddasiga binoan, o'qituvchilar mehnati jamiyat va davlatni rivojlantirish, sog'lom hamda barkamol avlodni shakllantirish, xalqning ma'naviy va madaniy salohiyatini saqlash hamda boyitish asosi sifatida e'tirof etiladi.

Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi xodimi Aygerim Aripbayevaning tushuntirishicha, "Davlat boji to'g'risida"gi qonunga muvofiq pedagoglar davlat bojini to'lashdan ozod etilgan. Jumladan, mazkur qonunning 8-moddasi 5-prim 2-bandida fuqarolik ishlari bo'yicha sudlarda pedagog xodimlar o'z kasbiy faoliyatini amalga oshirish vaqtida sha'ni, qadr-qimmati hamda ishchanlik obro'sini himoya qilish bilan bog'liq da'volar yuzasidan davlat bojidan ozod qilinishi belgilangan.

Shuningdek, qonunning 10-moddasi 19-bandiga muvofiq, pedagoglar o'z kasbiy faoliyatini bajarish chog'ida ularning huquqlarini buzayotgan davlat organlarining g'ayriqonuniy qarorlari hamda mansabdor shaxslarning harakatlari yoki harakatsizligi ustidan ma'muriy sudga shikoyat kiritganda ham davlat bojidan ozod etiladi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi