Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida rektor va yoshlar uchrashuvi bo'lib o'tdi

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida rektor va talaba-yoshlar o'rtasida ochiq muloqot tashkil etildi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Globallashuv va turli xatarlar kuchayib borayotgan hozirgi davrda yosh avlod tarbiyasiga alohida e'tibor qaratish hamda ularni salohiyatli qilib voyaga yetkazish mamlakatimizda ustuvor yo'nalishlardan biri sanaladi. Shu munosabat bilan O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida navbatdagi “Rektor va talaba-yoshlar uchrashuvi” bo'lib o'tdi.

Tadbir avvalida davlatimiz rahbari ilgari surgan ta'lim va tarbiya masalalariga oid tashabbuslarning ahamiyati alohida ta'kidlandi. Xususan, zamonaviy dunyoda yoshlar ongiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi internetga qaramlik, diniy radikalizm hamda tavakkalchilikka asoslangan o'yinlarning xavf-xatarlari haqida atroflicha tushuntirishlar berildi.

Universitet rektori Rashid Matkarimov yurtimizda yoshlar uchun yaratilayotgan keng shart-sharoitlar, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik jarayonlari hamda talabalarning bu boradagi yutuqlari xususida to'xtalib o'tdi. Shuningdek, muloqot davomida mamlakatimizdagi tinchlik va inson qadr-qimmatiga bag'ishlangan videorolik namoyish etildi.

Ochiq va samimiy ruhda o'tgan muloqot chog'ida talabalarni qiziqtirgan masalalar tinglanib, bildirilgan takliflar yuzasidan mutasaddilarga aniq vazifalar yuklatildi. Tomonlar bunday uchrashuvlarni kelgusida ham muntazam o'tkazib borishga kelishib olishdi. Yakunda ta'lim, tarbiya va bilim mamlakat taraqqiyoti hamda farovonligining asosiy poydevori ekani yana bir bor e'tirof etildi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi