Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

O'zbekiston delegatsiyasi YUNESKO tadbirida xalqaro ta'lim hamkorligini muhokama qildi

YUNESKO tomonidan o'tkazilayotgan Global ta'lim monitoringi doirasida O'zbekiston delegatsiyasi qator xalqaro uchrashuvlar o'tkazdi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Jahon miqyosida ta'lim sifatini oshirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish dolzarb vazifalardan biridir. Shu maqsadda YUNESKO tashkil etayotgan 2026-yilgi Global ta'lim monitoringi (GEM) tadbirlari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ushbu nufuzli anjumanda O'zbekiston delegatsiyasi vakillari ham faol qatnashmoqda.

YUNESKO Bosh ofisida o'tgan tadbir doirasida maktabgacha va maktab ta'limi vaziri E'zoza Karimova bir qator muhim muzokaralar o'tkazdi. Xususan, YUNESKO Bosh direktorining ta'lim bo'yicha o'rinbosari Stefaniya Jannini bilan Toshkent shahrida II-toifali YUNESKO markazini tashkil etish yuzasidan Yo'l xaritasi ko'rib chiqildi. Unda xalqaro ekspertlar missiyasini jalb qilish, qo'shma konferensiyalar tashkil etish hamda pilot loyihalarni amalga oshirish takliflari ilgari surildi.

Xalqaro hamkorlik va yangi kelishuvlar

Anjuman doirasida Xitoy Xalq Respublikasi ta'lim vaziri Syuyay Jinpin bilan maktablar o'rtasida hamkorlikni rivojlantirish, o'quvchilar almashinuvi dasturlarini yo'lga qo'yish, sun'iy intellekt sohasida sheriklik qilish va pedagog kadrlar tayyorlash masalalari muhokama qilindi. Turkmaniston ta'lim vaziri Jummamirat Gurbangeldiyev bilan esa mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish, jumladan, fan olimpiadalari va o'quvchilar almashinuvi bo'yicha tajriba almashish masalalariga e'tibor qaratildi.

Ozarbayjon fan va ta'lim vaziri o'rinbosari Hasan Hasanli bilan maktabgacha ta'lim, o'qituvchilar almashinuvi, STEM va sun'iy intellekt yo'nalishlarida qo'shma dasturlarni bajarish istiqbollari ko'rib chiqildi. Tomonlar 2027–2030-yillarga mo'ljallangan hamkorlik Yo'l xaritasini ishlab chiqish va imzolashga kelishib olishdi. Shuningdek, Saudiya Arabistoni rejalashtirish vaziri o'rinbosari Saad bin Abdul G'aniy al-G'amdiy bilan ta'lim sohasida qo'shma dasturlarni boshlash taklifi bildirilib, tashabbus ijobiy qabul qilindi hamda aniq mexanizmlarni ishlab chiqish bo'yicha muzokaralarni davom ettirishga kelishildi. Mazkur muloqotlar mamlakatimizning global va mintaqaviy ta'lim aloqalarini yangi bosqichga ko'tarishga xizmat qiladi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi