Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Fransiya bilan maktabgacha va maktab ta'limi sohasida yangi dasturlar boshlandi

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Fransiyada qator xalqaro hamkorlik uchrashuvlarini o'tkazib, muhim kelishuvlarga erishdi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri E'zoza Karimova boshchiligidagi delegatsiya Fransiyada xalqaro hamkorlik bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.

Darsliklarni moslashtirish va nashriyotlar hamkorligi

Vazir dastlab Fransiyaning nufuzli nashriyoti Hachette Livre vakili, kengash a'zosi Seliya Rozentraub bilan muzokara o'tkazdi. Muzokaralar natijasida 2027-2030-yillarga mo'ljallangan darsliklarni mahalliy xususiyatlarga moslashtirish yuzasidan ikki tomonlama hujjat imzolandi. Shuningdek, kelgusida adabiyotlarni ishlab chiqarish jarayonida vazirlik tizimidagi nashriyotlar bilan yaqindan hamkorlik qilish hamda fransuz tili o'qituvchilarining malakasini oshirish masalalari belgilab olindi.

Maktabgacha ta'lim va til o'rganish tashabbuslari

Shundan so'ng vazir E'zoza Karimova Kokoro Lingua kompaniyasi asoschisi Natali Lasselin bilan uchrashuv o'tkazdi. Muloqot davomida hamkorlikdagi dastur jarayonini monitoring qilish, bolalarni maktabga tayyorlov guruhlari uchun yangi dastur ishlab chiqish masalalari ko'rib chiqildi. Shuningdek, tarbiyachilarni sertifikatlash mexanizmi va "Kelajak" markazlarida fransuz tili to'garaklarini pilot tarzda yo'lga qo'yish yo'nalishlari muhokama qilindi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi