O'zbekiston ilk bor 38-Xalqaro informatika olimpiadasiga mezbonlik qiladi
O'zbekistonda ilk bor o'tkazilayotgan IOI 2026 xalqaro olimpiadasi ishtirokchi davlatlar soni bo'yicha rekord o'rnatdi.

Joriy yilning 9-16-avgust kunlari O'zbekiston ilk bor 38-Xalqaro informatika olimpiadasi (IOI 2026) musobaqasiga mezbonlik qiladi. Maktab o'quvchilari o'rtasida o'tkaziladigan bu dasturlash musobaqasi global miqyosdagi eng nufuzli tadbirlardan biri bo'lib, yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalari va texnologik gigantlar iqtidorli yoshlarni shu yerda saralab oladi.
Rekord natija va ishtirokchilar
Mazkur xalqaro olimpiada tarixi uchun yangi rekord qayd etilib, eng ko'p mamlakatlar ro'yxatdan o'tdi. Musobaqada jami 97 ta davlatdan 386 nafar iqtidorli o'quvchi ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tgani ma'lum qilindi.
Eslatib o'tamiz, avvalgi yili Boliviya mezbonlik qilgan olimpiadada ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi kumush va bronza medallar bilan yurtga qaytgan edi. Bu safar esa terma jamoa o'z uyida bahslarga kirishadi.
Manba: UzA


