Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

O'zbekiston oliy ta'lim muassasalari diplomlari xalqaro miqyosda tan olinishi kengaymoqda

Ta'lim sifatini ta'minlash milliy agentligining INQAAHE tarmog'iga to'liq a'zoligi tasdiqlandi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

London shahrida bo'lib o'tayotgan Education World Forum 2026 tadbirlari doirasida O'zbekiston delegatsiyasi xalqaro tashkilotlar bilan strategik muzokaralar olib bormoqda. Shu doirada O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ta'lim sifatini ta'minlash milliy agentligining oliy ta'limda sifatni ta'minlash yo'nalishidagi eng yirik xalqaro tarmoqlardan biri hisoblangan INQAAHE tashkilotiga to'liq a'zo bo'lgani rasman tasdiqlandi.

Xalqaro tan olinish va yangi imkoniyatlar

International Network for Quality Assurance Agencies in Higher Education 300 dan ziyod sifat agentliklari, akkreditatsiya tashkilotlari hamda mutaxassislarni birlashtiradi. Agentlikning mazkur tarmoqqa qabul qilinishi mamlakatimizdagi milliy akkreditatsiya tizimi xalqaro talablarga mos kelishini ko'rsatadi. Bu esa o'z navbatida O'zbekistonda akkreditatsiyadan muvaffaqiyatli o'tgan oliy ta'lim muassasalari diplomlarining jahon miqyosida tan olinishiga zamin hozirlaydi.

Hamkorlik va almashinuv dasturlari

Erishilgan kelishuvlar bitiruvchilar uchun xorijiy davlatlarda ish faoliyati va o'qishni davom ettirishda muhim qadam bo'lib xizmat qiladi. Shuningdek, universitetlarning nufuzli xalqaro reytinglar hamda grant dasturlarida faol qatnashishi, qo'shma hamda ikki diplomli ta'lim yo'nalishlarini kengaytirishga yo'l ochadi. Talabalar va professor-o'qituvchilar almashinuvini jadallashtirish ham ustuvor vazifalardan biridir.

Qolaversa, INQAAHE tarmog'i ko'magida akkreditatsiya jarayonlariga nufuzli xalqaro ekspertlarni jalb etish imkoniyati paydo bo'ladi. Bu esa davlat akkreditatsiyasi sifatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi. Education World Forum doirasidagi mazkur uchrashuvlar yurtimiz ta'lim tizimida raqobatbardoshlik, shaffoflik va xalqaro integratsiyani ta'minlashda strategik ahamiyat kasb etadi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi