Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

O'zbekiston va Hindiston ta'lim hamkorligi: stipendiyalar va qo'shma dasturlar

O'zbekiston va Hindiston o'rtasida ta'lim, ilm-fan hamda madaniyat yo'nalishlaridagi hamkorlik izchil rivojlanib, talabalar almashinuvi va stipendiya dasturlari kengaymoqda.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

So'nggi yillarda O'zbekiston va Hindiston o'rtasidagi madaniyat, ilm-fan va ta'lim sohalaridagi aloqalar izchil rivojlanib bormoqda. Tarixiy rishtalar bugungi kunda zamonaviy shaklda yangi mazmun kasb etib, hindshunoslik ta'limi, stipendiya dasturlari hamda akademik almashinuvlar aloqalarni yangi bosqichga olib chiqmoqda.

Ta'lim hamkorligi va ITEC dasturi

Ikki mamlakat o'rtasidagi ta'lim yo'nalishi talabalar almashinuvi, stipendiyalar, malaka oshirish, universitetlararo hamkorlik va qo'shma ta'lim dasturlarini qamrab olgan. Jumladan, Hindistonning ITEC dasturi doirasida O'zbekiston mutaxassislari 1993-yildan buyon turli kurslarda qatnashib kelmoqda. Hindiston TIV ma'lumotiga ko'ra, mazkur dastur orqali 2400 dan ortiq o'zbekistonlik mutaxassis ushbu mamlakatning yetakchi oliygohlarida tahsil olgan. 2024-2025-yillarda yurtimizdan 100 ga yaqin nomzod ITEC dasturiga tanlab olingan.

Shuningdek, Madaniy aloqalar kengashi (ICCR) stipendiya dasturi yoshlarga hind oliy ta'lim muassasalarida o'qish imkoniyatini taqdim etadi. 2026-2027 o'quv yili uchun ICCR dasturlari bakalavriat, magistratura va PhD darajalaridagi yo'nalishlarni o'z ichiga olib, O'zbekiston uchun 12 ta stipendiya o'rni ajratilgan.

Universitetlararo markazlar va filiallar

O'zbekistondagi elchixona tashabbusi bilan respublikaning 15 ta oliy o'quv yurtida Hindiston tadqiqotlar markazlari (“India Study Centres”) tashkil etilgan. ICCR tomonidan Samarqand davlat universitetida iqtisodiyot va Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida hind tili yo'nalishida qisqa muddatli dasturlar yo'lga qo'yilgan. Ayrim markazlar kompyuter, kitob, musiqa asboblari va milliy an'anaviy liboslar bilan jihozlangan.

Bundan tashqari, yurtimizda xorijiy hamkorlik doirasida Toshkent shahridagi Amiti, Andijondagi Sharda, Jizzaxdagi Sambram hamda Buxorodagi Achariya universitetlari faoliyat yuritmoqda. O'zbekistondagi hind diasporasining umumiy soni 21 000 kishini tashkil etib, ularning 16 300 nafari talabalar, ishchi va biznes mutaxassislaridan iborat.

Ilmiy tadqiqotlar va til o'rganish

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hind tili bo'yicha professor-o'qituvchilari muntazam ravishda konferensiyalarda ishtirok etib, o'zbek adabiyoti va xalq og'zaki ijodi namunalarini hind tiliga tarjima qilish ishlarini olib bormoqda. Toshkentdagi Lal Bahodur Shastri nomli Hind madaniyati markazi 1995-yildan buyon faoliyat yuritib, yoshlarga hind tili, katxak raqsi, yoga va boshqa yo'nalishlarda bilim olish imkoniyatini yaratib kelmoqda.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi