Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Ta'lim darajasi past maktablarga o'qituvchilarni saralashda suhbat jarayoni joriy etildi

Boshqa hududlardan o'qituvchilarni jalb etish bo'yicha vakant soatlarga nomzodlar 100 ballik tizim asosida suhbatdan o'tkaziladi.

TTahririyat 1 daqiqa

Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-oktabrdagi 646-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga tegishli o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi. Ushbu hujjat ta'lim darajasi yuqori bo'lmagan maktablarga boshqa hududlardan o'qituvchi-pedagoglarni jalb etish tartibini belgilaydi.

Yangi baholash mezonlari

Joriy etilgan tartibga ko'ra, agar vakant soatlar bo'yicha bir o'ringa ikki yoki undan ortiq nomzod da'vogar bo'lsa, ular kasbiy bilimlari, ko'nikmalari, pedagogik mahorati hamda psixologik qobiliyatlari tekshirilgan holda suhbatdan o'tkaziladi.

Suhbat jarayoni to'liq 100 ballik tizim asosida tashkil etiladi. Bunda ballar quyidagicha taqsimlanadi:

  • Nomzodning kasbiy bilimlari va ko'nikmalari uchun 40 ball;
  • Pedagogik mahorati uchun 30 ball;
  • Psixologik qobiliyati uchun 30 ball.

Baholash va g'oliblarni aniqlash

Har bir ishtirokchi ishchi guruh a'zolari tomonidan alohida va mustaqil ravishda baholanadi. Yakuniy natijani chiqarishda guruh a'zolari qo'ygan ballarning o'rtacha arifmetik qiymati hisobga olinadi. Suhbat yakunlariga ko'ra eng ko'p ball to'plagan mutaxassis tegishli vakant soatga o'qituvchi sifatida qabul qilinadi.

Agar ikki va undan ortiq nomzodning to'plagan ballari teng kelib qolsa, ularning amaldagi malaka toifasi, pedagogik ish staji hamda tegishli milliy yoki xalqaro sertifikati borligi va uning darajasiga e'tibor qaratiladi. Shuningdek, pedagoglarni saralash jarayonlarini onlayn shaklda ham tashkil etishga ruxsat berildi.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi