Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

O'zbekiston va Irlandiya tashkilotlari biotexnologiya sohasida hamkorlikni boshlaydi

Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti hamda Irlandiyaning NIBRT tashkiloti biofarmatsevtika sohasida hamkorlikni kengaytiradi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligi, Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti va Irlandiyaning NIBRT tashkiloti vakillari ishtirokida biofarmatsevtika hamda biotexnologiya yo'nalishlarini rivojlantirishga qaratilgan onlayn muloqot tashkil etildi.

Ilmiy infratuzilma va tadqiqotlar muhokamasi

Uchrashuv davomida zamonaviy ilmiy-tadqiqot infratuzilmasini yaxshilash, biofarmatsevtika ishlab chiqarish texnologiyalarini tatbiq etish hamda xalqaro tajribalarni mahalliy amaliyotga moslashtirish masalalari ko'rib chiqildi. Shuningdek, institut tomonidan zardoblar, biologik preparatlar, virusologiya, mikrobiologiya, immunologiya va biotexnologiya sohalarida bajarilayotgan ilmiy ishlar taqdimoti o'tkazildi.

Trening markazi va xalqaro ta'lim dasturlari

NIBRT modeli asosida trening jarayonlari, ishlab chiqarish hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini uyg'unlashtirgan holda tashkil etish tajribasi tahlil qilindi. Mazkur yondashuv yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash va ilm-fan natijalarini amaliyotga tatbiq etishda muhim mexanizm ekani ta'kidlandi.

Muzokaralar natijasiga ko'ra, institut bazasida ilg'or biotexnologik trening markazini ochish, qo'shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish va mutaxassislar o'rtasidagi akademik hamkorlikni kengaytirishga kelishildi. Shu bilan birga, texnologiya transferi va ta'lim dasturlarini uyg'unlashtirish, jumladan, PTU bilan hamkorlikda talabalar uchun xorijda o'quv kurslarini yo'lga qo'yish masalalari ijobiy hal etildi. Tomonlar biofarmatsevtika va immunobiologik preparatlar sohasidagi sheriklikni yangi bosqichga ko'tarishni maqsad qildi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi