Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Urganch davlat universitetida inklyuziv ta'lim bo'yicha xalqaro seminar-treninglar o'tkazildi

Urganch davlat universitetida ingliz tilini o'qitishda inklyuzivlikni ta'minlashga bag'ishlangan uch kunlik xalqaro seminar-treninglar bo'lib o'tdi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida “Markaziy Osiyoda ingliz tilini o'rganishni rivojlantirish” loyihasi doirasida “AELLCA” dasturiga asosan uch kunlik seminar-treninglar tashkil etildi. Tadbir “Inklyuziv ta'lim targ'ibotchilari — ingliz tilini o'qitishda inklyuzivlikni ta'minlashga qaratilgan modul yaratish” mavzusiga bag'ishlandi.

Treninglar davomida ishtirokchilarga zamonaviy inklyuziv ta'lim konsepsiyalari o'rgatilib, ELT (English Language Teaching) uchun inklyuziv modul mazmunini yaratish bo'yicha amaliy ko'nikmalar berildi hamda xalqaro tajribalar o'rtoqlashildi. Mashg'ulotlar xalqaro trenerlar tomonidan olib borildi.

Xalqaro hamkorlik va baholash mezonlari

Buyuk britaniyalik professor Franz Hoyeritzauyer Josefning ta'kidlashicha, mashg'ulot davomida modul mazmuni va baholash mezonlari qayta ko'rib chiqildi. Shuningdek, barqaror ta'sir rejasini ishlab chiqish, mahalliy, milliy va xalqaro ta'limning ustuvor yo'nalishlari uyg'unligi hamda dizayn tafakkurining ta'limdagi samaradorligi baholandi.

Mazkur seminar professor-o'qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirish, ta'limda teng imkoniyatlarni ta'minlash va xalqaro ilg'or tajribalarni amaliyotga joriy etishda muhim ahamiyat kasb etdi. Tadbir yakunida faol ishtirok etgan barcha professor-o'qituvchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi