Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

O'zbekiston va Kanada OTMlari o'rtasida ta'lim sohasidagi hamkorlik yo'lga qo'yiladi

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligida Kanada universitetlari vakillari bilan o'quvchilar va o'qituvchilar uchun imkoniyatlarni kengaytirish muhokama qilindi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligida Kanadaning nufuzli oliy ta'lim muassasalari vakillari bilan aloqalarni rivojlantirishga bag'ishlangan uchrashuv o'tkazildi. Unda Agentlik direktori Sevara Shakirova hamda Kanadaning yetakchi universitetlari vakillari qatnashdi.

Jumladan, muloqotda “Saint Mary's University” vakili Mey Zay, “Simon Fraser University” vakili Dina Tompson va “York University” vakili Sunera Ali ishtirok etdi. Muzokaralar davomida asosiy e'tibor Agentlik tizimidagi Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilarining Kanada universitetlariga o'qishga kirish imkoniyatlarini yanada kengaytirish masalalariga qaratildi. Shuningdek, bitiruvchilar uchun maxsus qabul shartlari va ta'lim grantlarini ajratish masalalari ko'rib chiqildi.

Oromgohlar va almashinuv dasturlari

Tomonlar O'zbekiston va Kanada o'rtasida o'quvchilar uchun yozgi oromgohlar tashkil etish, o'zaro tashrif va almashinuv dasturlarini yo'lga qo'yish imkoniyatlarini muhokama qilishdi. Bundan tashqari, maktab maslahatchilari hamda STEM yo'nalishidagi fan o'qituvchilari uchun xalqaro tajriba asosida malaka oshirish treninglarini tashkil etish bo'yicha takliflar ilgari surildi.

Uchrashuv yakunida uchala universitet bilan hamkorlik memorandumlarini imzolash orqali rasmiy aloqalarni mustahkamlash imkoniyatlari ko'rib chiqildi. Mazkur tashabbuslar Agentlik tizimidagi o'quvchilarning xalqaro ta'lim imkoniyatlarini kengaytirish, xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan aloqalarni rivojlantirish hamda pedagoglar malakasini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi