Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

O'zbekiston va Tojikiston oliy ta'lim muassasalari hamkorlikni kengaytirmoqda

O'zbekiston va Tojikiston oliy ta'lim va ilm-fan yo'nalishida akademik almashinuv, qo'shma ta'lim dasturlari hamda ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirmoqda.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

O'zbekiston va Tojikiston o'rtasidagi ta'lim va ilm-fan yo'nalishidagi aloqalar yangi bosqichga ko'tarilib, ikki davlat rahbarlarining muloqotlari natijasida strategik sheriklikning muhim yo'nalishiga aylandi. 2025-yilga kelib universitetlar o'rtasida yigirmadan ortiq memorandumlar imzolanib, o'zaro akademik almashinuv, qo'shma ilmiy tadqiqotlar hamda 2+2 va 1+1 kabi qo'shma ta'lim dasturlari amalda tatbiq etilmoqda.

Oliy o'quv yurtlari o'rtasidagi aloqalar

Ikki mamlakat OTMlari o'rtasida professor-o'qituvchilar va talabalar almashinuvi, xalqaro konferensiyalar, magistratura hamda doktorantura dasturlari bo'yicha ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, zamonaviy ta'lim texnologiyalarini tatbiq etish, raqamli platformalarni rivojlantirish va ilmiy natijalarni amaliyotga joriy qilish borasida tajriba almashinuvi yo'lga qo'yilgan.

Buxoro davlat texnika universiteti ham bu borada faol qatnashib, xalqaro hamkorlikni rivojlantirishni asosiy vazifa deb biladi. Universitet rektori Sadoqat Siddiqova ta'kidlaganidek, Tojikistonga uyushtirilgan safarlar chog'ida qator nufuzli oliygohlar bilan kelishuvlarga erishilgan. Jumladan, Akademik M.S. Osimiy nomidagi Tojikiston texnika universiteti, Tojikiston texnologiyalar universiteti hamda Ko'lob texnologiyalar va innovatsion menejment instituti bilan sheriklik o'rnatilgan.

Qo'shma dasturlar va istiqbollar

Imzolangan hujjatlar o'quv jarayonini takomillashtirish, metodik tajriba almashish, malakali kadrlar tayyorlash va ilmiy izlanishlarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Xususan, 2+2 va 1+1 formatidagi qo'shma dasturlar asosida bakalavriat va magistratura bosqichlarida mutaxassislar tayyorlash ishlari boshlangan. Ushbu qo'shma loyihalar yoshlarning salohiyatini oshirish hamda mintaqada ilm-fan taraqqiyotini ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi