Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

O'zbekistonda 157 milliard so'mlik ilmiy loyihalar uchun grant sertifikatlari topshirildi

Innovatsion rivojlanish agentligida 95 nafar olimga umumiy qiymati 157,2 milliard so'mlik ilmiy loyihalar uchun grant sertifikatlari berildi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Innovatsion rivojlanish agentligida O'zbekiston mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat ilmiy dasturlari doirasida o'tkazilgan tanlovlar g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Turli hududlardan kelgan olimlar va ilmiy muassasalar vakillari qatnashgan tadbirda mamlakatda ilm-fan va innovatsiyalarni rivojlantirish, ilmiy faoliyatni qo'llab-quvvatlash yo'nalishidagi ishlar haqida so'z yuritildi.

Tadbir davomida qayd etilganidek, bugungi kunda ilmiy izlanishlarni rag'batlantirish, olimlarning yangi g'oyalarini qo'llab-quvvatlash va ularni amaliyotga tatbiq etishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Grant asosida moliyalashtirilayotgan bunday loyihalar iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish, sanoatda yangi yechimlarni joriy etish, tibbiyot, ekologiya va boshqa muhim yo'nalishlarda amaliy natijalarga erishishga xizmat qiladi.

Tadbir doirasida 95 nafar olimga umumiy qiymati 157,2 milliard so'mlik ilmiy loyihalarni amalga oshirish uchun maxsus grant sertifikatlari topshirildi. Ushbu tashabbus ilmiy izlanishlarni qo'llab-quvvatlash, yangi ishlanmalarni yaratish va mamlakatning xalqaro ilmiy hamkorlikdagi salohiyatini mustahkamlashga qaratilgan.

Ilm-fandagi o'zgarishlar va sharoitlar

Umumiy va noorganik kimyo instituti vakili hamda “Olima ayol” tanlovi g'olibi Dilnoza Jumayeva o'z nutqida bugungi kunda olimlar uchun yaratilayotgan sharoitlarni ta'kidlab o'tdi. U o'z ilmiy faoliyatini 1990-yillarda boshlaganini, o'sha davrda ilm-fanga hozirgidek e'tibor qaratilmagani, laboratoriyalarda zamonaviy uskunalar yetishmagani va grant dasturlari deyarli bo'lmaganini esga oldi. Hozirgi kunda esa vaziyat tubdan o'zgargani, yosh olimlar uchun barcha imkoniyatlar yaratilgani va eng asosiysi doimiy izlanish hamda akademik halollik talab etilishini qayd etdi.

Tadbir yakunida grant sohiblari bilan o'zaro muloqot o'tkazilib, kelgusi vazifalar belgilab olindi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi