Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

O'zbekistonda 17 ming nafardan ortiq o'qituvchining oyligi 1000 dollardan oshdi

Mamlakatimizda pedagoglar mehnatini rag'batlantirish va daromadini oshirish mexanizmlari kengayib bormoqda.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

O'qituvchilar daromadini oshirish tizimi

Ta'lim sifatini yuksaltirishda pedagog mehnatini qadrlash muhim ahamiyat kasb etadi. So'nggi yillarda o'qituvchilarning daromadini ko'paytirish hamda kasbiy natijalarini rag'batlantirish bo'yicha yangi mexanizmlar amalda tatbiq etilmoqda. Xususan, tarixda ilk bor pedagoglarning ish haqi ikki bosqichda va tabaqalashtirilgan tartibda oshirildi. Shuningdek, xodimlarga to'lanadigan ustama va qo'shimcha to'lovlar turlari ham sezilarli darajada ko'paydi. Agar 2017-yilda umumta'lim maktablari xodimlari uchun bunday qo'shimcha to'lovlar 15 tani tashkil etgan bo'lsa, hozirda ularning soni 40 tadan oshdi.

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi departament direktori o'rinbosari Muhammadtohir Rafiqovning ta'kidlashicha, bugungi kunda o'qituvchining faqat ish staji emas, balki uning bilimi, mahorati va ko'rsatgan natijalari ham qo'shimcha haq to'lash uchun asos bo'lmoqda.

Ustama turlari va rag'batlantirish mexanizmlari

Pedagoglar uchun quyidagi yo'nalishlar bo'yicha qo'shimcha to'lovlar joriy etilgan:

  • direktor jamg'armasi hisobidan 50 foizgacha;
  • C1 darajali sertifikatga ega bo'lganlarga 50 foizgacha;
  • attestatsiyada 86 va undan yuqori ball to'plaganlarga 70 foiz;
  • fan olimpiadalarida g'olib va sovrindor tayyorlaganlarga 150 foizgacha;
  • sifatli ta'lim berishda ijobiy natija ko'rsatgan maktab xodimlariga 40 foizgacha;
  • olis hududlarda ishlayotganlarga stajiga qarab 50 foizgacha;
  • ta'lim darajasi past bo'lgan maktablarga boshqa joydan kelgan o'qituvchilarga 100 foizgacha;
  • fan nomzodi va fan doktori ilmiy darajasi bor pedagoglarga 60 foizgacha ustama.

Bundan tashqari, Vazir jamg'armasi hisobidan eng kam ish haqining 5,5 baravari miqdorida ustama berish yo'lga qo'yilgan. Menejerlik sertifikatiga ega maktab direktorlari va o'rinbosarlari ham 50 foizgacha ustama olishmoqda.

Yuqori daromadli pedagoglar va qo'shimcha imtiyozlar

Ko'rilgan chora-tadbirlar natijasida respublika bo'yicha qariyb 17 ming nafar o'qituvchining oylik maoshi 1000 AQSh dollaridan ziyodni tashkil etmoqda. Shuningdek, 15 yillik stajga ega oliy toifali pedagoglarga ipoteka krediti boshlang'ich badalining 25 foizigacha bo'lgan qismini qoplab berish nazarda tutilgan bo'lib, buning uchun 200 milliard so'mgacha mablag' ajratilishi belgilangan.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi