O'zbekistonda dunyoning eng kuchli 300 taligiga kiruvchi universitetlar filiallari ochiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda dunyoning eng nufuzli 300 universiteti filiallarini tashkil etish asosiy vazifa ekanini ta'kidladi.

Xorijiy oliygohlar filiallari va ularni qo'llab-quvvatlash choralari
Bugungi kunda O'zbekistonda jami 32 ta xorijiy oliy ta'lim muassasasi faoliyat yuritib kelmoqda. Davlat rahbari oldiga qo'yilgan asosiy vazifalardan biri sifatida dunyoning eng kuchli 300 taligiga kiruvchi universitetlar filiallarini tashkil etish belgilandi.
Nufuzli xorijiy universitetlar franshizasini olib keluvchi xususiy oliygohlarning laboratoriya hamda zarur jihozlarga sarflagan xarajatlari, shuningdek, brend uchun to'lovining yarmigacha bo'lgan qismi qoplab beriladi. Shuningdek, kampus qurilishiga sarflanadigan mablag'ning 30 foizigacha bo'lgan qismi kompensatsiya qilinadi. Sarmoya o'zini oqlashi va qaytishini ta'minlash maqsadida maxsus davlat granti o'rinlari ham ajratilishi ko'zda tutilgan.
Ustuvor yo'nalishlar va pedagoglarga tabrik
Yang tashkil etiladigan filiallar va ta'lim yo'nalishlarida iqtisodiyot uchun eng muhim tarmoqlarga ustuvor ahamiyat qaratiladi. Jumladan, muhandislik, energetika, qishloq va suv xo'jaligi, sun'iy intellekt hamda tibbiyot yo'nalishlari asosiy e'tibor markazida bo'ladi.
Davlat rahbari pedagoglar bilan o'tkazilgan muloqot davomida ularning barcha taklif va tashabbuslarini tingladi. Uchrashuv so'nggida mamlakatimiz rahbarining ustozlik kasbi sharafi haqidagi so'zlari keltirilib, barcha o'qituvchi va murabbiylar bayram munosabati bilan yana bir bor tabriklandi.
Manba: UzA



