Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Sirdaryo texnikumlarida kasbiy ta'lim sifati va bitiruvchilar bandligi tanqid qilindi

Sirdaryo viloyatida kasbiy ta'lim holati, dual ta'lim qamrovi va bitiruvchilar bandligini ta'minlash masalalari muhokama qilindi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Sirdaryo viloyatida kasbiy ta'lim tizimidagi mavjud sharoitlar, o'qitish sifati, amaliy tayyorgarlik jarayonlari va bitiruvchilar bandligini ta'minlash masalalari yuzasidan yig'ilish o'tkazildi. Unda yoshlarga faqat diplom berish bilan cheklanib qolmay, ularning egallagan kasbi orqali barqaror daromad topishini ta'minlash muhimligi ta'kidlandi.

Dual ta'lim va pedagoglar salohiyati

Hozirgi kunda viloyatdagi 27 ta texnikumda qariyb 14 ming nafar yosh tahsil olmoqda. Ularning 22 foizga yaqini dual ta'limga jalb etilgan. Biroq bu ko'rsatkich hududlar kesimida turlicha bo'lib, jumladan, Guliston shahrida mazkur qamrov atigi 5,9 foizni tashkil etadi. Shuningdek, Xovos tumanidagi 3-son texnikumda bir nafar ustozga 58 nafar o'quvchi to'g'ri kelishi ta'lim sifatiga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Xuddi shu tumanidagi 2-son texnikumning zoomuhandislik yo'nalishida 29 nafar o'quvchi dual ta'limda o'qiyotgan bo'lsa-da, bu bo'yicha birorta korxona bilan shartnoma tuzilmagani aniqlandi.

Bundan tashqari, texnikum pedagoglarining 15 foizi o'rta maxsus ma'lumotga ega ekani, zamonaviy uskunalar bilan birga ularni boshqara oladigan malakali mutaxassislarni tayyorlash zarurligi qayd etildi.

Bitiruvchilar bandligidagi muammolar

O'tgan o'quv yilida viloyat bo'yicha texnikum bitiruvchilarining 62 foizi band qilingan bo'lsa-da, ayrim hududlarda bu ko'rsatkich pastligicha qolmoqda. Masalan, Mirzaobod tumanida bitiruvchilarning atigi 27 foizi ish bilan ta'minlangan. Tikuvchilik yo'nalishini bitirgan 47 nafar yoshdan faqat 7 nafari ishga joylashgan. Holbuki, "OSON ISH" platformasida shu tumandagi korxonalar tomonidan tikuvchilik bo'yicha 20 dan ortiq bo'sh ish o'rni e'lon qilingan.

Yig'ilishda mas'ullarga har bir ishsiz bitiruvchi bilan alohida ishlab, uning malakasi va qiziqishidan kelib chiqqan holda ish topishiga ko'maklashish vazifasi yuklatildi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi