Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Jizzaxlik mutaxassislar Qoraqalpogistondagi texnikum faoliyati bilan tanishdi

Jizzax viloyati vakillari Nukus shahridagi 1-son texnikumda bo'lib, professional ta'lim va dual ta'limni tashkil etish tajribasini o'rgandi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Texnikumdagi o'quv jarayoni va shart-sharoitlar o'rganildi

Jizzax viloyat hokimining birinchi o'rinbosari Zafar Azimov boshchiligidagi iqtisodiy kompleks vakillari Qoraqalpog'iston Respublikasiga safar uyushtirdi. Tashrif doirasida mehmonlar Nukus shahridagi 1-son texnikum faoliyatini yaqindan ko'zdan kechirdi.

Uchrashuv davomida professional ta'lim maskanida yoshlarga zamonaviy kasb-hunar va mutaxassisliklarni o'rgatish hamda mehnat bozori talablariga javob beradigan kadrlarni tayyorlash yo'nalishidagi ishlar atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, texnikumdagi o'quv xonalari hamda amaliy mashg'ulot ustaxonalarining jihozlanish darajasi, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko'rib chiqildi.

Ish beruvchilar bilan hamkorlik va dual ta'lim masalalari

Tadbirda ta'lim muassasasining turli korxona, tashkilot hamda ish beruvchilar bilan aloqalari alohida muhokama markazida bo'ldi. Xususan, dual ta'lim tizimini samarali yo'lga qo'yish, talabalarning olgan nazariy bilimlarini ishlab chiqarishdagi amaliy ko'nikmalar bilan mustahkamlash mexanizmlari tahlil qilindi. Shu bilan birga, bitiruvchilarni kelgusida munosib ish o'rinlari bilan ta'minlash borasidagi ishlar bo'yicha tajriba almashildi.

O'rganishlar yakuniga ko'ra, hududlarda professional ta'lim sohasini yanada rivojlantirish, mavjud ilg'or tajribalarni o'rganish va ularni amaliyotga tatbiq etish yuzasidan o'zaro fikr almashildi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi