Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

O'zbekistonda oliy ta'limdan keyingi ta'lim va ilmiy kadrlar tayyorlash tizimi o'zgaradi

O'zbekistonda oliy ta'limdan keyingi ta'lim tizimini takomillashtirish hamda doktorantlar tayyorlash jarayonlarini xalqaro standartlarga moslashtirish bo'yicha farmon imzolandi.

TTahririyat 2 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti yangi farmonni imzoladi. Ushbu hujjat oliy ta'limdan keyingi ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, doktorantlarni tayyorlash jarayonlarini xalqaro standartlarga moslashtirish hamda dissertatsiya tadqiqotlarining sifati, ilmiy va amaliy ahamiyatini oshirishga qaratilgan.

Ustuvor yo'nalishlar va kvotalar

"O'zbekiston - 2030" strategiyasidan kelib chiqib, ilmiy kadrlar tayyorlashning ustuvor yo'nalishlari tasdiqlandi. 2026-yil 1-sentabrdan boshlab Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan tayanch doktorantura va doktoranturada kadrlar tayyorlashda quyidagi tartiblar belgilanadi:

  • Doktoranturaga umumiy qabul kvotasining kamida 60 foizi ilmiy kadrlar tayyorlashning ustuvor yo'nalishlariga oid ixtisosliklarga ajratiladi.
  • Differensial stipendiya tizimi joriy etilib, ustuvor ilmiy ixtisosliklarga qabul qilingan doktorantlarga bazaviy stipendiyaning 1,7 baravari miqdorida oshirilgan stipendiya to'lanadi.
  • Ustuvor ilmiy ixtisosliklarga qabul qilingan doktorantlarga tadqiqot ishida zarur bo'ladigan asbob-uskuna va boshqa tovarlarning xaridi uchun har oy bazaviy stipendiyaning 30 foizi miqdorida qo'shimcha mablag' tahsil olayotgan oliy ta'lim yoki ilmiy tashkilotga yo'naltiriladi.
  • Tayanch doktorantura bosqichining birinchi o'quv yilida sohaviy maxsus fanlar, ilmiy tadqiqot metodologiyasi va akademik yozish, statistika va ma'lumotlar tahlili kabi fanlar bo'yicha o'quv mashg'ulotlari tashkil etiladi.

Ustuvor ilmiy ixtisosliklarga qabul kirish imtihoni o'rniga ilmiy tadqiqot ishi taqdimoti asosida amalga oshiriladi. Bunda taqdimotga qo'yiladigan talablar oliy ta'lim va ilmiy tashkilot tomonidan mustaqil belgilanadi.

Yangi talablar va rag'batlantirish

Ilmiy rahbarga doktorantning ixtisosligiga mos fan tarmog'ida ilmiy tadqiqot tajribasiga ega bo'lish talabi joriy etiladi. Shuningdek, oliy ta'limdan keyingi ta'limga qabul qilishda tegishli fan yo'nalishlarida milliy sertifikatga ega bo'lgan talabgorni mutaxassislik fani bo'yicha imtihondan ozod etib, unga maksimal ball berish tartibi bekor qilinadi.

2027-yil uchun qabuldan boshlab ilmiy rahbarlik va maslahatchilik uchun oylik to'lov o'rniga tayanch doktoranturaga qabul qilingan stajyor-tadqiqotchi va o'z vaqtida himoya qilgan doktorant uchun bir martalik rag'batlantiruvchi to'lov to'lanadi:

  • Xirsh indeksi bo'yicha ko'rsatkichi 5 dan kam bo'lgan ilmiy rahbarga mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorining 40 baravarigacha miqdorida;
  • Xirsh indeksi bo'yicha ko'rsatkichi 5 dan yuqori bo'lgan ilmiy rahbarga mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorining 80 baravarigacha miqdorida to'lanadi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi