Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

O'zbekistonda o'qishni boshlab, xorijda davom ettirish imkonini beruvchi ta'lim modellari joriy etiladi

Prezident ishtirokidagi taqdimotda o'rta maxsus, kasbiy va oliy ta'lim o'rtasida yangi integratsiyalashgan modellar ko'rib chiqildi.

TTahririyat 1 daqiqa

Prezident Shavkat Mirziyoyev 10 iyul kuni xalqaro ta'lim standartlari asosida o'rta maxsus, kasbiy hamda oliy ta'lim dasturlarini tatbiq etish, shuningdek, nufuzli chet el universitetlari bilan akademik sheriklikni kuchaytirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi. Taqdimot davomida maktab, akademik litsey, texnikum hamda oliy ta'lim o'rtasida uzviylikni ta'minlashga xizmat qiluvchi “2+3”, “1+2”, “2+1”, “1+3”, “2+2”, “3+1” ta'lim modellari muhokama qilindi. Unga ko'ra, 9-sinf bitiruvchisi maktab, akademik litsey yoki texnikumda ikki yil o'qib, keyingi uch yilni mahalliy yoki xorijiy hamkor OTMda davom ettirishi mumkin bo'ladi. Shuningdek, texnikum bitiruvchilari o'qishni qisqartirilgan dasturlar asosida universitetda davom ettirish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Ustuvor yo'nalishlar va xalqaro talablar

Integratsiyalashgan dasturlarni tibbiyot, energetika, san'at va qishloq xo'jaligi kabi muhim yo'nalishlarda ham kengaytirish zarurligi qayd etildi. Xalqaro malakalar va baholash markaziga ushbu dasturlarni TOP-100 talikdagi nufuzli oliygohlarning akademik talablariga moslashtirish, ular bilan “1+3” hamda “2+2” shaklidagi dasturlarni ishlab chiqish vazifasi yuklatildi. Markaz huzurida xorijiy mutaxassislardan iborat doimiy ishchi guruh tuzilib, bu guruh 2027 yil yakuniga qadar yetakchi xorijiy oliygohlar diplomini taqdim etadigan kamida ikkita ta'lim dasturlari markazini tashkil qiladi.

“El-yurt umidi” jamg'armasi va xarajatlarni qoplash mexanizmi

  • “El-yurt umidi” jamg'armasining stipendiya dasturini ham yangi tizimga moslashtirish taklif etildi.
  • Endilikda mazkur dastur Integratsiyalashgan dasturlar oliy maktabi hamda boshqa mahalliy oliygohlardagi integratsiyalashgan ta'lim yo'nalishlarini ham o'z ichiga oladi.
  • Dunyoning nufuzli universitetlariga shartli ravishda qabul qilingan yoshlarning O'zbekistondagi oliygohlarda birinchi kurs yoki “Foundation” dasturida o'qish xarajatlarini qoplab berish mexanizmi yo'lga qo'yiladi. Bu esa yoshlarga ta'limni yurtimizda boshlab, keyinchalik xorijda davom ettirish imkoniyatini taqdim etadi.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi