Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

O'zbekistonda ta'lim muassasalari uchun yangi xavfsizlik talablari tasdiqlandi

Hukumat qarori bilan davlat va nodavlat ta'lim tashkilotlari hamda xorijiy filiallar xavfsizligini ta'minlash tartibi tasdiqlandi.

TTahririyat 1 daqiqa

Hukumat qarori bilan “Davlat ta'lim muassasalari, nodavlat ta'lim tashkilotlari va xorijiy davlatlar ta'lim tashkilotlari filiallarining xavfsizligini ta'minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi.

Xavfsizlik talablari va toifalarga ajratish

Nizom davlat ta'lim muassasalari, nodavlat ta'lim tashkilotlari va xorijiy davlatlar ta'lim tashkilotlari filiallari, umumiy o'rta va o'rta maxsus ta'lim, kasbiy ta'lim, oliy ta'lim tashkilotlari qo'riqlanishini, ta'lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining xavfsizligini ta'minlash, qo'riqlashning texnik vositalari, yong'in signalizatsiyasi va videokuzatuv vositalari bilan jihozlash tartibi, qoidalari va usullarini belgilaydi. Ushbu nizom talablari maktabgacha ta'lim muassasalariga hamda xavfsizlikni ta'minlashda alohida idoraviy standartlar va talablarga ega bo'lgan ta'lim tashkilotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Hujjatga muvofiq, ta'lim tashkilotlari o'quvchilar va talabalar sonidan kelib chiqqan holda, qo'riqlash va xavfsizlikni ta'minlash uchun alohida toifalarga ajratiladi.

Maktablarning toifalari quyidagicha belgilanadi:

  • birinchi toifa - o'quvchilari soni 3000 dan ko'p bo'lgan maktablar;
  • ikkinchi toifa - o'quvchilari soni 1500 tadan 3000 tagacha bo'lgan maktablar;
  • uchinchi toifa - o'quvchilari soni 300 tadan 1500 tagacha bo'lgan maktablar;
  • to'rtinchi toifa - o'quvchilari soni 300 tagacha bo'lgan maktablar.

Oliy ta'lim, kasbiy va o'rta maxsus ta'lim tashkilotlari toifalari esa quyidagicha belgilanadi:

  • birinchi toifa - o'quvchi, talabalari soni 1 000 dan yuqori bo'lgan ta'lim tashkilotlari yoki alohida korpuslar;
  • ikkinchi toifa - o'quvchi, talabalari soni 500 dan 1 000 tagacha bo'lgan ta'lim tashkilotlari yoki alohida korpuslar;
  • uchinchi toifa - o'quvchi, talabalari soni 500 tagacha bo'lgan ta'lim tashkilotlari yoki alohida korpuslar.

Nazorat-o'tkazish tartibi

O'quv yili boshlanishidan bir oy oldin FVV, IIV huzuridagi Qo'riqlash departamenti va tegishli ta'lim tashkiloti ma'muriyati vakillari ishtirokida ta'lim tashkilotlarining xavfsizligi o'rganiladi hamda ular toifalarga ajratiladi.

Ta'lim tashkilotlarida nazorat-o'tkazish rejimini ta'minlash uchun nazorat-o'tkazish joyi tashkil etiladi. Ular hududiga begona shaxslar faqat ta'lim tashkiloti ma'muriyatining ruxsati bilan ma'muriyat vakillarining kuzatuvi ostida nazorat-o'tkazish joyi orqali kiradi.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi