Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Buxoroda inklyuziv ta'limni rivojlantirishga bag'ishlangan o'quv-amaliy seminari bo'lib o'tdi

Buxoro shahrida umumta'lim maktablarida inklyuziv ta'limni takomillashtirish hamda yangi o'quv yilidagi vazifalarga bag'ishlangan seminar tashkil etildi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Mamlakatimizda alohida ta'lim ehtiyojiga ega bo'lgan bolalar uchun teng imkoniyatlar yaratish, ularning sifatli ta'lim olishini ta'minlash hamda jamiyat hayotiga integratsiya qilish borasida keng ko'lamli islohotlar olib borilmoqda. Ana shu ezgu ishlar doirasida yangi o'quv yili oldidan Buxoro shahrida umumta'lim maktablarida inklyuziv ta'limning muammo va yechimlariga bag'ishlangan o'quv-amaliy seminar o'tkazildi.

Seminar ishtirokchilari va muhokama qilingan masalalar

Tadbirda Buxoro viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligining viloyat boshqarmasi mas'ullari, shahar va tuman bo'limlari rahbarlari, bosh hisobchilar hamda inklyuziv ta'lim joriy etilgan maktablar direktorlari qatnashdi. Seminarda davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri bo'lgan inklyuziv ta'lim tizimini rivojlantirish, yangi o'quv yili oldidan bajarilishi lozim bo'lgan vazifalar muhokama qilindi.

Mutaxassislar Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligining tegishli buyrug'iga kiritilayotgan o'zgartish va qo'shimchalar bo'yicha tushuntirishlar berishdi. Shuningdek, pedagoglarning malakasini oshirish, ta'lim muassasalarida to'siqsiz muhitni shakllantirish, infratuzilmani zamonaviy talablar asosida yaxshilash va idoralararo hamkorlikni kuchaytirish yuzasidan amaliy tavsiyalar bildirildi. Yangi o'quv yilida o'quv jarayonini samarali tashkil etish, bolalarning individual imkoniyatlarini hisobga olish hamda psixologik-pedagogik qo'llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.

Buxoro viloyatidagi ko'rsatkichlar

Hozirgi kunda viloyatdagi 189 ta umumta'lim maktabida 330 ta inklyuziv sinf faoliyat yuritmoqda. Mazkur sinflarda 424 nafar alohida ta'lim ehtiyojiga ega o'quvchi ta'lim-tarbiya olmoqda. Ta'lim muassasalarida panduslar, maxsus jihozlar, qulay sinf xonalari va moslashtirilgan sanitariya infratuzilmalarini barpo etish, ota-onalar bilan hamkorlikni kuchaytirish ishlari bosqichma-bosqich bajarilmoqda. Bu esa o'quvchilarning tengdoshlari bilan birgalikda bilim olishi uchun mustahkam zamin yaratmoqda.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi