Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

O'zbekistonda ta'lim sohasini rivojlantirish va qamrovni kengaytirish ishlari davom etmoqda

Prezident ta'lim sifatini oshirish, o'qituvchilar obro'sini tiklash va yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida gapirdi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Mamlakatimizda dunyo hamjamiyatida munosib o'rin egallash maqsadida zamonaviy kasblarni puxta egallagan, mustaqil fikrlaydigan va bilimli mutaxassislarning yangi avlodini tarbiyalashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda ta'lim tizimiga yangi mazmun va sifat olib kirilib, muallimlarning jamiyatdagi obro'si tiklanmoqda hamda daromadlari izchil oshirilib borilmoqda.

Ta'lim infratuzilmasi va qamrov ko'rsatkichlari

O'tgan o'n yillik davomida aholi soni 8 million nafarga ko'payganiga qaramasdan, maktabgacha ta'lim qamrovi 78 foizga yetkazildi. Shuningdek, umumta'lim maktablarida qo'shimcha 1,5 million o'quvchi o'rni barpo etildi. Hududlarda tashkil etilgan Prezident, ijod va ixtisoslashgan maktablar yoshlarga yetakchi xorijiy ta'lim maskanlari darajasida chuqur bilim olish imkonini bermoqda. Buning barobarida, o'g'il-qizlarning xorijiy tillar hamda zamonaviy kasb-hunarlarni egallashi uchun barcha zarur sharoitlar yaratib berildi.

Oliy ta'limdagi o'zgarishlar va xotin-qizlar faolligi

Oliy o'quv yurtlarida tahsil olish uchun qulay imkoniyatlar kengayishi natijasida talabalar soni 1 million 600 ming nafarga yetdi. Yoshlarning ilm olishga bo'lgan ishtiyoqi ortib, ota-onalarning farzandini oliy ma'lumotli qilish borasidagi niyatlari real hayotiy maqsadga aylandi. Talabalarning yarmidan ko'pini xotin-qizlar tashkil etayotgani Uchinchi Renessansning yorqin qiyofasini ko'rsatib turibdi. Bilimli qizlar kelgusida bilimli oila, bilimli avlod hamda ma'rifatli jamiyat poydevori bo'lishi ta'kidlandi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi