Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

O'zbekistonda yangi darsliklar, dual ta'lim va Xitoy universiteti filialini ochish vazifalari muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab darsliklarini yangilash, oliygohlarda dual ta'limni joriy etish va Lyaonin pedagogika universiteti filialini ochish masalalari bilan tanishdi.

TTahririyat 2 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta'limida yangi avlod darsliklarini joriy etish, oliygohlar va korxonalar hamkorligida dual ta'limni tashkil qilish, shuningdek, Lyaonin pedagogika universitetining O'zbekistondagi filiali faoliyatini yo'lga qo'yish yuzasidan taqdimotlar bilan tanishdi.

Maktab darsliklarini yangilash va xalqaro tajriba

Avvalgi darsliklar tahlili natijalariga ko'ra, 260 ta darslikda 1 ming 257 ta xato, 51 ta darslikda 464 ta tarjima xatosi aniqlangan. Ayrim materiallar o'quvchilarning yoshiga mos kelmagan. Shu bois, yangi o'quv adabiyotlarini tayyorlashda xalqaro tajribaga murojaat qilindi. Boshlang'ich sinf darsliklari Finlyandiya ta'lim alyansi sertifikatsiyasidan o'tgan, 5-7-sinflarning matematika, fizika, kimyo va biologiya darsliklari Singapur darsliklari asosida ishlab chiqildi. 2027-yilga qadar jami 1 ming 342 nomdagi darslik va o'quv-metodik materialni tayyorlash rejalashtirilgan.

Shuningdek, kasbga yo'naltirish bo'yicha 255 ta dars, ekologik savodxonlikka oid 300 dan ortiq mavzu yaratildi. O'qituvchilarni tayyorlash va malakasini oshirish jarayonlari ham yangi darsliklar mazmuniga moslashtirildi. 110 ming nafar boshlang'ich sinf o'qituvchisi malaka oshirdi, Singapurlik hamkorlar bilan 121 nafar master-trener va 739 nafar murabbiy-o'qituvchi tayyorlanib, ular orqali 90 ming nafar pedagog o'qitildi. Yangi baholash tizimi 5 mingta maktabda joriy etildi.

Oliy ta'limda dual ta'lim modeli

Iqtisodiyot tarmoqlarini kadrlar bilan ta'minlash maqsadida talabaning oliygohdagi nazariy ta'limini korxonadagi amaliy mashg'ulotlar bilan bog'lash ko'zda tutilgan. Germaniya tajribasini o'rganish asosida Andijon viloyatida 11 ming nafar talaba 2 mingta korxonada dual ta'lim asosida amaliyot o'tamoqda.

Uchinchi va to'rtinchi bosqich talabalarining kamida 80 foizini, ya'ni 185 ming nafar yoshni dual ta'lim bilan qamrab olish maqsadi belgilandi. 2027/2028 o'quv yilida ushbu shakldagi ta'limga 75 ta oliygoh va 3,5 mingta korxonani jalb qilib, 12,5 ming nafar talaba uchun o'qish va amaliyotni birgalikda tashkil etish rejalashtirilgan. Talabalarga ish haqi to'lagan va ularni ishga joylagan korxonalarga subsidiyalar, bojxona hamda soliq imtiyozlari berish taklif qilinmoqda.

Lyaonin pedagogika universiteti filiali

Xitoyning Lyaonin pedagogika universitetining O'zbekistondagi filiali faoliyatini tashkil etish masalalari ham ko'rib chiqildi. Xiva shahrida ochiladigan filialda xalqaro xitoy tili ta'limi, xalqaro biznes, turizm boshqaruvi va sun'iy intellekt yo'nalishlari faoliyat yuritadi.

Darslar o'zbek, xitoy va ingliz tillarida olib borilib, bitiruvchilarga O'zbekiston va Xitoyda tan olinadigan diplom beriladi. O'quv jarayonini 2026/2027 o'quv yilida boshlash ko'zda tutilgan.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi