O'zbekistonlik o'quvchilar xalqaro matematika musobaqasida 20 ta medalga sazovor bo'ldi
Mo'g'ulistonda bo'lib o'tgan IMC xalqaro matematika musobaqasida o'zbekistonlik o'quvchilar 20 ta medalni qo'lga kiritdi.

Mo'g'ulistonda o'tkazilgan Xalqaro matematika musobaqasida (IMC) O'zbekiston o'quvchilardan iborat terma jamoasi muvaffaqiyatli qatnashdi. Bellashuvda dunyoning 32 ta davlatidan 600 nafardan ziyod iqtidorli yoshlar o'z bilimini sinovdan o'tkazdi. Musobaqa yakunlariga ko'ra, yurtimiz vakillari jami 20 ta medalni, jumladan 1 ta oltin, 9 ta kumush va 10 ta bronza medallarini qo'lga kiritishga muvaffaq bo'ldi.
Junior toifasidagi g'oliblar
Musobaqaning junior toifasida Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchisi Dilbek Ziyadullayev eng yuqori natija ko'rsatib, oltin medalga sazovor bo'ldi.
Kumush medallar quyidagi o'quvchilarga nasib etdi:
- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchilari Abdusamat Abdikomilov, Shamshodbek Jalolov va Shohjahon Abdilsattarov
- Nurafshon shahri Prezident maktabi o'quvchisi Temurbek Zokirov
- Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchisi Anvar Abduvaliyev
- Sergeli tumani ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchisi Shahriyor Xayitboyev
Bronza medallarni esa quyidagi yosh matematiklar qo'lga kiritdi:
- Toshkent shahri Olmazor tumanidagi 219-maktab o'quvchisi Ilyosbek Komiljonov
- Sergeli tumani ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchisi Asrorbek Qobilov
- Ohangaron shahar ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchisi Shohjahon Niyozaliyev
- Toshkent shahri Prezident maktabi o'quvchisi Jahongir Farhodov
- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchisi Behruzbek Ismoilov
- Chiroqchi tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchisi Ramziddin Rahmatillayev
Senior toifasidagi natijalar
Senior toifasidagi bahslarda ham o'quvchilarimiz sovrinli o'rinlarni egallashdi. Sergeli tumani ixtisoslashtirilgan maktabi o'quvchisi Umarbek Ubaydullayev, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchisi Fayzulloh Tohirov hamda Sirdaryo viloyati Rustam Bosimov xalqaro maktabi o'quvchisi Ozodbek Sayakulov kumush medal bilan taqdirlandi.
Bronza medallarga quyidagi ishtirokchilar sazovor bo'ldi:
- Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab o'quvchisi Abdulaziz Rajabov
- Buxoro shahridagi 35-sonli umumta'lim maktabi o'quvchisi Komronbek Kamolov
- Buxoro viloyati Qorako'l tumani ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchisi Baxtiyor Ostonov
- Qarshi shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati o'quvchisi Odiljon Yoqubov
Manba: UzA


