Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Nogironligi bo'lgan bolalar uchun maxsus sinflar ochgan nodavlat maktablarga subsidiya beriladi

Prezident taqdimotida alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalar va pedagoglar uchun yaratiladigan yangi sharoitlar muhokama qilindi.

TTahririyat 1 daqiqa

Prezidentga alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarni ta'lim va ijtimoiy xizmatlar bilan qamrab olishga qaratilgan takliflar taqdimoti taqdim etildi. Mazkur yig'ilishda ta'lim sohasida nogironligi bo'lgan shaxslar uchun qator qulayliklar yaratilishi ma'lum qilindi.

Maxsus va inklyuziv ta'limni qo'llab-quvvatlash

Jumladan, ko'zi ojiz pedagoglarga, shuningdek, maxsus maktablarning boshlang'ich sinflariga shaxsiy assistent va yordamchi xodimlar ajratilishi belglandi. Nogironligi bo'lgan bolalarning uyiga yaqin joyda ta'lim olishiga sharoit yaratish maqsadida korreksion sinflar tashkil etgan nodavlat maktablarga har bir o'quvchi uchun subsidiya ajratiladi. Shuningdek, har yili kamida 50 ta maktabning inklyuziv muhitni yaxshilashga qaratilgan tashabbuslari grant asosida moliyalashtiriladi.

Zamonaviy jihozlar va imtihon sharoitlari

2027-yildan boshlab bolalarni matnni o'qish qurilmalari, ovoz sintezatorlari, Brayl displeylari va boshqa assistiv jihozlar bilan vaucher asosida ta'minlash taklif etildi. 2027/2028 o'quv yilidan boshlab esa nogironligi bo'lgan shaxslarga kirish va sertifikat imtihonlarida qo'shimcha vaqt, Brayl alifbosi, surdotarjimon, assistent va boshqa zarur sharoitlar yaratib beriladi.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi