Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Prezident O'qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan uchrashuv o'tkazdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev «Yangi O'zbekiston» universitetida ustozlar bilan uchrashuv o'tkazib, ta'lim fidoyilarini taqdirladi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

O'qituvchi va murabbiylar kuni arafasida «Yangi O'zbekiston» universitetida soha xodimlari bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev ishtirok etdi.

Ta'lim va zamonaviy texnologiyalar

Hozirgi kunda dunyoda bilim yaratish, mehnat qilish hamda axborot tarqatish usullari tezkorlik bilan o'zgarib borayotgani ta'kidlandi. Sun'iy intellekt matn tayyorlash, ma'lumotlarni tahlil qilish va dastur yozishga qodir bo'lsa-da, hech qanday texnologiya bolaning qalbiga ustozdek yo'l topa olmaydi. Shuningdek, u o'quvchiga Vatanga muhabbat va mas'uliyat tuyg'usini singdira olmasligi qayd etildi.

Davlat mukofotlari va yangi ta'sis

Prezident ta'lim va ilm-fan fidoyilaridan bir guruhini davlat mukofotlari bilan taqdirlash haqidagi farmonni imzolaganini ma'lum qildi. Taqdirlanganlar safida pedagoglar bilan bir qatorda ta'lim rivojiga munosib hissa qo'shayotgan xorijiy hamkorlar hamda tadbirkorlar ham bor. Uchrashuv davomida mazkur mukofotlar o'z egalariga tantanali ravishda topshirildi.

Shu bilan birga, ta'limning barcha bo'g'inlarida faoliyat yuritayotgan ilg'or pedagoglarni rag'batlantirish maqsadida jadid bobomiz Abdulla Avloniy nomidagi alohida davlat mukofotini ta'sis etish taklif qilindi. Ushbu mukofotning ilk g'oliblarini kelgusi yilgi bayram arafasida e'lon qilish hamda taqdirlash rejalashtirilgan.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi