Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Prezident sovrini uchun Ilg'or muhandislik maktabi milliy tanlovi o'tkaziladi

Hukumat qarori bilan Ilg'or muhandislik maktabi milliy tanlovini tashkil etish va o'tkazish tartibi tasdiqlandi.

TTahririyat 1 daqiqa

Hukumat qaroriga muvofiq, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun Ilg'or muhandislik maktabi milliy tanlovini tashkil etish va o'tkazish tartibi tasdiqlandi. Tasdiqlangan nizomga ko'ra, mazkur musobaqada qatnashish istagini bildirgan ta'lim muassasalari har yili 1 yanvardan 1 fevralgacha maxsus platforma orqali ro'yxatdan o'tishi shart va o'z maktabining terma jamoasi tarkibini shakllantiradi.

Tanlov bosqichlari

Musobaqa uchta asosiy bosqichda tashkil etiladi:

  • tuman bosqichi har yili 1 aprelga qadar tumandagi maktab terma jamoalari o'rtasida o'tkaziladi;
  • hududiy bosqich har yili 1 iyulga qadar tuman bosqichida birinchi o'rinni qo'lga kiritib, g'olib bo'lgan maktab terma jamoalari o'rtasida tashkil etiladi;
  • respublika bosqichi har yili 1 oktyabrga qadar hududiy bosqichda birinchi o'rinni egallab, g'oliblikni qo'lga kiritgan jamoalar o'rtasida o'tkaziladi.

G'oliblarni taqdirlash tartibi

Tanlov g'oliblari bazaviy hisoblash miqdorining quyidagi miqdorlarida pul mukofotlari bilan rag'batlantiriladi:

  • tuman va shahar bosqichida birinchi o'rin uchun BHMning 200 baravari, ikkinchi o'rin uchun BHMning 150 baravari, uchinchi o'rin uchun BHMning 100 baravari miqdorida;
  • hududiy bosqichda birinchi o'rin uchun BHMning 300 baravari, ikkinchi o'rin uchun BHMning 250 baravari, uchinchi o'rin uchun BHMning 200 baravari miqdorida;
  • respublika bosqichida birinchi o'rin uchun BHMning 600 baravari, ikkinchi o'rin uchun BHMning 450 baravari, uchinchi o'rin uchun BHMning 300 baravari miqdorida pul mukofotlari beriladi.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi