Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Qarshi davlat universitetida jurnalistlar va blogerlar uchun press-tur o'tkazildi

Qarshi davlat universitetida yangi infratuzilma obyektlari va talabalar uchun yaratilgan sharoitlar tanishtirildi.

TTahririyat 1 daqiqa

Qarshi davlat universitetida oliygohda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, ta'lim jarayonidagi o'zgarishlar va yoshlar uchun yaratilgan zamonaviy shart-sharoitlarni yaqindan tanishtirish maqsadida maxsus press-tur tashkil etildi.

Tadbir avvalida rahbarlar universitetda talabalarning sifatli ta'lim olishi, ilm-fan bilan shug'ullanishi va o'z salohiyatini ro'yobga chiqarishi uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida ishtirokchilarga ma'lumot berdi. Shundan keyin press-tur qatnashchilari oliygohning zamonaviy infratuzilmasi hamda yangi barpo etilgan obyektlari faoliyati bilan tanishdilar.

Yangi o'quv binolari va xalqaro markazlar

Jumladan, besh qavatli Xorijiy tillar fakulteti o'quv binosi ko'zdan kechirildi. Ushbu binoda joylashgan “Institut Franchais de Karshi” fransuz tili markazi, Ingliz tili dasturlari, KOICA markazi, shuningdek, Nemis, Rus va Xitoy tili markazlari, Erasmus+ dasturlari ofisi, media studiya, sinxron tarjima auditoriyasi hamda zamonaviy ma'ruza zallari ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

Sport va infratuzilma obyektlari

Press-tur davomida “Lochin” futbol klubi uchun qurilgan zamonaviy stadion majmuasi ham namoyish etildi. Proliga talablariga to'la javob beradigan bu majmua tarkibida 1400 o'rinli tribuna, sun'iy qoplamali yugurish yo'lagi va ikki qavatli ma'muriy bino mavjud.

Innovatsion va ijtimoiy loyihalar

Tadbir qatnashchilariga yer osti sizot suvlarini “OSMOS” texnologiyasi orqali tozalab, ichimlik suvi ishlab chiqarish inshooti ham ko'rsatildi. Shuningdek, quyidagi obyektlar faoliyati bilan tanishib chiqildi:

  • Talabalarga xizmat ko'rsatish markazi
  • Yoshlar markazi va Turizm amaliyot markazi
  • Tibbiyot fakulteti o'quv binosi
  • Muqobil energiya manbalaridan foydalanish laboratoriyasi
  • 1-iyun kuni foydalanishga topshirilgan, universitet tasarrufidagi 240 o'rinli “UniKids” maktabgacha ta'lim tashkiloti

Tanishuv yakunida OAV vakillari va blogerlar o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga universitet mas'ullaridan atroflicha javob olishdi.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi