Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Qashqadaryoda yuzlab talabalarning kontrakt pullari to'lab berilmoqda

Qashqadaryo viloyatida ijtimoiy himoyaga muhtoj 856 nafar talabaning qariyb 3,8 milliard so'mlik kontrakt mablag'lari ajratildi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Qashqadaryo viloyatida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlarining oliy ta'lim olishini qo'llab-quvvatlash bo'yicha amaliy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Viloyat hokimi Murotjon Azimovning tegishli qaroriga muvofiq, hududdagi 856 nafar talaba-yoshning oliy ta'lim muassasalarida o'qishini davom ettirishi uchun jami 3 milliard 780 million 600 ming so'm miqdoridagi kontrakt mablag'lari yo'naltirilmoqda. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati rahbari Ahror Sodiqov ma'lum qildi.

Mazkur moliyaviy yordam oilaviy sharoiti og'ir va kontrakt to'lovlarini amalga oshirishda qiyinchilikka duch kelayotgan yoshlarning ta'lim olishini qo'llab-quvvatlashga xizmat qiladi. Ajratilgan mablag'lar orasida xotin-qizlarning oliy ta'lim olish imkoniyatlarini kengaytirish hamda ularning kasbiy salohiyatini oshirishga qaratilgan ko'mak choralari ham muhim o'rin egallaydi.

Oilaviy sharoit sababli ta'limdan uzilib qolish xavfi mavjud bo'lgan yoshlarni qo'llab-quvvatlash ularning kelajagi va jamiyat intellektual salohiyatini oshirishga qo'shilgan muhim sarmoya hisoblanadi. Qashqadaryoda amalga oshirilayotgan bu kabi tashabbuslar yoshlarning bilim olishga bo'lgan intilishini rag'batlantirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam vakillariga teng imkoniyatlar yaratish hamda inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi