Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Qashqadaryodagi jasorat maktablari o'quvchilari tantanali va'da berdi

Shahrisabz shahridagi Oqsaroy maydonida Qashqadaryo viloyatidagi "Jasorat maktablari" o'quvchilarining tantanali va'da berish marosimi bo'lib o'tdi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Shahrisabz shahridagi tarixiy Oqsaroy maydonida Qashqadaryo viloyatining barcha shahar va tumanlaridan kelgan "Jasorat maktablari"ning 416 nafar o'quvchisi ishtirokida tantanali va'da berish marosimi o'tkazildi.

Tadbir avvalida harbiy orkestr va faxriy qorovul otryadi saf tortib, tantanali marsh ijro etdi. Shuningdek, Milliy gvardiya tomonidan ajratilgan otlar, Amir Temur va uning askarlari obrazlari aks etgan sahna ko'rinishlari namoyish etildi. Maydonda tashkil etilgan harbiy texnika, zamonaviy qurol-aslahalar, robototexnika namunalari hamda o'quvchilarning qo'l mehnati mahsulotlari ko'rgazmasi yoshlarda vatanparvarlik tuyg'ularini mustahkamlashga xizmat qildi. Marosim davomida bo'lajak harbiy askarlar o'z ona vatani uchun sadoqat bilan xizmat qilishga tantanali ravishda va'da berishdi.

Shu kuni Shahrisabz shahar Madaniyat saroyida davom etgan tadbir doirasida o'quvchilar va rahbarlar uchrashuvi ham uyushtirildi. Ochiq va samimiy ruhda kechgan muloqot yoshlarda katta qiziqish uyg'otdi. Harbiylarning ko'rgazmali jangovar chiqishlari hamda maxsus tayyorlangan badiiy ssenariya tadbirning ta'sirchanligini yanada oshirdi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi