Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Qoraqalpogistonda Orol tubiga eko-ta'lim sayohatlari va xalqaro haftalik boshlandi

Qoraqalpogistonda ekologik talim va ilm-fanni jadallashtirishga bagishlangan xalqaro haftalik va konferensiya boshlandi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Joriy yilning 26-30-aprel kunlari Qoraqalpogiston Respublikasida Orolboiyi ezgu niyat elchilari xalqaro konferensiyasi hamda Orol tubiga eko-ta'lim sayohatlari xalqaro haftaligi o'tkazilmoqda. Mazkur tadbirlar O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 25-martdagi Eko-madaniyat umummilliy loyihasi doirasida ekologik talim, ilm-fan va targ'ibotni jadallashtirishga oid kompleks chora-tadbirlar to'g'risidagi qarori hamda Prezident Administratsiyasining 2025-yil 30-noyabrdagi topshirig'iga asosan yoshlarning tashabbuslarini ro'yobga chiqarish maqsadida tashkil etildi.

Konferensiya va ma'ruzalar

Xalqaro haftalik doirasida xorijiy mehmonlar, Qoraqalpogiston, Xorazm viloyati hamda turli hududlardan kelgan talabalar, xususan, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Toshkent davlat agrar universiteti ekologiya yo'nalishidagi talaba-yoshlar ishtirok etmoqda. Shuningdek, harbiy xizmatchilarning oila a'zolari va milliy madaniy markazlar vakillari ham jalb qilingan. Qoraqalpoq davlat Yosh tomoshabinlar teatrida boshlangan tadbirlarda xorijiy va mahalliy olimlar, ilmiy tadqiqot olib boruvchi yoshlar qatnashdi.

Anjumanda qator mutaxassislar o'z ma'ruza va taqdimotlari bilan qatnashdi:

  • Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o'zgarishini o'rganish universiteti (Green University) professori Senejani Hossein Habibollah Akhani Galofitlar: Markaziy va Janubi-Sharqiy Osiyoning o'zgaruvchan dunyosida xilma-xillik va ta'siri mavzusida.
  • Toshkent davlat texnika universiteti o'qituvchisi, texnika fanlari doktori Indiraxon Ayubova Orolbo'yi hududida ekologik ta'limni rivojlantirishning zamonaviy yondashuvlari haqida.
  • Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti assistenti Bayram Absametov Orol dengizining qurigan tubi tuproq-iqlim sharoitiga mos o'simliklarni tasniflash va yerdan foydalanish samaradorligini oshirish bo'yicha.
  • Green University rektori maslahatchisi, professor Mohammad Pouran Hamid Reza Mohammad Cho'l iqtisodiyoti va ta'lim yo'nalishida.

Rejalashtirilgan tadbirlar

Ma'ruza davomida Orolbo'yida daraxtzorlar barpo etish, cho'llanish va sho'rlanishning oldini olish, aholining turmush tarzi hamda turizm salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan loyihalar ilgari surildi. Haftalik davomida Yashil makon umummilliy loyihasi doirasida Daraxt ekish aksiyasi, sog'lom turmush tarzini targ'ib qiluvchi 10 ming qadam piyoda yurish marafoni, talabalar o'rtasida badminton musobaqasi, shuningdek, ochiq osmon ostidagi konsert dasturi va tarixiy obidalarga sayohatlar uyushtirilishi belgilangan.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi