Saffolk universiteti bilan Qoshma talim dasturlari va dual diplom loyihalari muhokama qilindi
O'zbekistonda Buyuk Britaniyaning Saffolk universiteti bilan hamkorlikda 3+1 va 2+2 tamoyillari asosida qoshma talim dasturlarini joriy etish rejalashtirilmoqda.
Britaniya tomoni ikki tomonlama diplom olish imkoniyatini beruvchi dual diplom dasturlarini 3+1 va 2+2 tamoyillari asosida tatbiq etishga katta qiziqish bildirmoqda. Ushbu loyihaga muvofiq, talabalar o'qish jarayonining muayyan qismini O'zbekistonda, qolgan qismini esa Buyuk Britaniyada davom ettiradilar. Shuningdek, talabalar hamda mutaxassislar uchun maxsus amaliyot dasturlarini uyushtirish, shuningdek, qoshma ilmiy tadqiqotlar olib borish takliflari ilgari surildi.
Malaka oshirish va xalqaro hamkorlik
Muloqot natijasida o'zbekistonlik professor-o'qituvchilar uchun malaka oshirish dasturlari hamda maxsus treninglar tashkil etish bo'yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi. Mazkur hamkorlik mamlakatimizdagi oliy ta'lim sifatini xalqaro standartlar darajasiga ko'tarish, akademik almashinuvni kengaytirish hamda kadrlar salohiyatini oshirishga xizmat qilishi ta'kidlandi.
Saffolk universiteti haqida
Ma'lumot uchun, 2007 yilda tashkil etilgan University of Suffolk OTMda hozirgi kunda qariyb 14 ming nafar talaba tahsil olmoqda. Mazkur universitet biznes boshqaruvi, amaliy fanlar, sog'liqni saqlash, stomatologiya hamda IT kabi yo'nalishlar bo'yicha mutaxassislar tayyorlaydi.
Manba: Kun.uz



