Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Bosh yer maydonlarida davlat-xususiy sheriklik asosida bog'cha ochish tartibi belgilandi

Ta'lim muassasalarining bo'sh yerlarida DXSh asosida bog'cha ochgan tadbirkorlarga 30 yilgacha ijara to'lovi olinmasligi belgilandi.

TTahririyat 1 daqiqa

O'zbekistonda ta'lim muassasalarining bo'sh yer maydonlarida davlat-xususiy sheriklik asosida bog'cha tashkil etgan tadbirkorlarga qator qulayliklar yaratilmoqda. Xususan, maxsus bog'cha, maktab va maktab-internatlardan tashqari ta'lim maskanlarining bo'sh yerlarida DXSh asosida bog'cha ochgan ishbilarmonlardan 30 yil davomida ijara to'lovlari undirilmaydi. Mazkur muddat yakunlangach, bog'cha binosi davlat balansiga topshirilishi belgilangan.

Subsidiya va kredit shartlari

Shuningdek, har bir tarbiyalanuvchi uchun davlat bog'chalaridagi bir nafar bolaga sarflanadigan xarajatning 50 foizi miqdorida elektron davomat asosida subsidiya ajratiladi. Ushbu imtiyoz 2024 yildan boshlab qamrov darajasi 80 foizdan past bo'lgan hududlarda tashkil etilayotgan nodavlat bog'chalarga ham tatbiq etiladi.

Tuman va shaharlarda bog'cha hamda maktablarning bo'sh yer maydonlaridan tashqari joylarda quvvati 150 o'rindan kam bo'lmagan nodavlat bog'chalarni quruvchi tadbirkorlarga 7 yilgacha muddatga, yillik Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkada 5 milliard so'mga qadar kredit beriladi. Bunda bog'chani 18 oygacha bo'lgan muddatda qurib bitkazish majburiyati qo'yiladi.

Yer maydonlarini ajratish va xodimlarni qo'llab-quvvatlash

Yer uchastkalari qonunchilikda belgilangan tartibda auksion orqali taqdim etiladi. Hokimliklar har yili 1 aprelga qadar ajratiladigan yerlar ro'yxatini e'lon qilib borishi shart. Nodavlat bog'cha o'z faoliyatini boshlaganidan so'ng, tarbiyachilarning oylik ish haqi davlat bog'chalarida belgilangan miqdorda uch yil davomida elektron davomat asosida Davlat budjeti mablag'lari hisobidan qoplab beriladi.

Shu bilan birga, “b” bandida ko'rsatilgan imtiyozlar davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladigan maktabgacha ta'lim tashkilotlariga nisbatan qo'llanilmasligi qayd etilgan.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi