Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi universiteti Nukus filialida bitiruvchilarga diplom topshirildi

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida 2025-2026-o'quv yili bitiruvchilariga tantanali ravishda diplomlar topshirildi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti Nukus filialida 2025-2026-o'quv yilini yakunlayotgan bitiruvchi bosqich talabalariga diplom topshirish marosimi o'tkazildi. “Porloq kelajak, yuksak parvoz sizga, aziz bitiruvchi” shiori ostida tashkil etilgan bayramona tadbirda oliy ta'lim muassasalari rahbarlari, professor-o'qituvchilar, jamoatchilik vakillari hamda yoshlar qatnashdi.

Tadbir davomida Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi qo'mita raisi M.Atamuratov, Qoraqalpog'iston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo'mitasi raisi M.Qaypanov hamda filial direktori, professor A.Yesimbetov so'zga chiqdi. Ular mamlakatda ta'lim sifatini yuksaltirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va raqobatbardosh mutaxassislar tayyorlash borasidagi islohotlarga alohida to'xtalib o'tdi.

Bitiruvchilar va ularning bandligi

Joriy o'quv yilida mazkur filialni jami 208 nafar yosh muvaffaqiyatli tamomlamoqda. Ularning 184 nafari bakalavriat, 24 nafari magistratura, shuningdek, 71 nafari sirtqi ta'lim yo'nalishi hisobiga to'g'ri keladi. Yoshlarning mehnat bozorida o'z o'rnini topishini ta'minlash maqsadida olib borilgan ishlar natijasida 188 nafar bitiruvchining bandligi bo'yicha tegishli rasmiy hujjatlar rasmiylashtirildi.

Tantanali marosim yakunida bakalavriat, magistratura va sirtqi ta'lim yo'nalishlarini tamomlagan bitiruvchilarga davlat namunasidagi diplomlar topshirildi. Tadbir kuy-qo'shiqlar va konsert dasturi bilan davom etib, barcha yig'ilganlarga ko'tarinki kayfiyat bag'ishladi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi