Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Senatda Garvard universiteti talabalari bilan uchrashuv o'tkazildi

Oliy Majlis Senatida AQSHning Garvard universiteti qoshidagi Markaziy Osiyo va turkiy mamlakatlar Kokusi talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Oliy Majlis Senatida dunyoning yetakchi ta'lim maskanlaridan biri bo'lgan AQSHning Garvard universiteti qoshida faoliyat olib boruvchi Markaziy Osiyo va turkiy mamlakatlar Kokusi a'zosi bo'lgan talabalar bilan muloqot bo'lib o'tdi. Tadbirda Senat Raisi Tanzila Norboyeva hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori birinchi o'rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva qatnashdi.

Muloqot davomida O'zbekistonda ta'lim tizimi, iqtisodiyot hamda davlat boshqaruvi yo'nalishlarida amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlar, qonunchilikdagi o'zgarishlar va yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi. Shuningdek, mamlakatda ehtiyojmand qatlamlarni qo'llab-quvvatlash, ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish hamda zamonaviy ijtimoiy himoya mexanizmlarini joriy etish borasidagi ishlar alohida qayd etildi.

Garvard universiteti qoshidagi mazkur Kokusi O'zbekiston va AQSH o'rtasida ilm-fan, ta'lim va innovatsiyalar sohalaridagi aloqalarni mustahkamlovchi muhim yoshlar platformasiga aylanib borayotgani e'tirof etildi. Talabalar O'zbekistonning ochiq tashqi siyosatiga qiziqish bildirib, bu boradagi amaliy tajriba bilan yaqindan tanishish istagini bildirdi.

T.Norboyeva o'z so'zida yoshlar siyosati davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri ekanini ta'kidlab, ularning tashabbuslarini rag'batlantirish, zamonaviy bilim olishlari uchun sharoit yaratish hamda global ilmiy hamjamiyatga integratsiyalashuvini ta'minlash muhimligini urg'uladi. O'z navbatida, Sh.Mirziyoyeva kelajak istiqbollarini yoshlar ishtirokisiz tasavvur qilib bo'lmasligini, bugungi qarorlar kelgusi avlod hayotini belgilashini qayd etib, yoshlarning fikrlari va tashabbuslariga quloq tutish muhimligini bildirdi.

Uchrashuv yakunida tajriba almashish, yangi tashabbuslarni muhokama qilish hamda kelgusida qo'shma ilmiy va ta'lim loyihalarini hayotga tatbiq etish imkoniyatlari yuzasidan takliflar ilgari surildi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi