Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Sirdaryoda maktab o'quvchilari muddatidan oldin talabalikka qabul qilindi

Sirdaryo viloyatida tashkil etilgan fan olimpiadalarida yuqori natija ko'rsatgan 17 nafar o'quvchi oliy ta'lim muassasalariga muddatidan avval o'qishga qabul qilindi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Sirdaryo viloyatida iqtidorli yoshlarni qo'llab-quvvatlash hamda ularning salohiyatini ro'yobga chiqarish borasidagi sa'y-harakatlar o'z natijasini bermoqda. Joriy o'quv yilida umumta'lim maktablarida tahsil olayotgan 17 nafar o'quvchi oliy ta'lim muassasalariga muddatidan avval talabalikka qabul qilindi. Bu haqda Sirdaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Nargiza Xolboyeva ishtirokida o'tkazilgan muloqotda ma'lum qilindi.

Fan olimpiadasi va saralash bosqichlari

Davlat rahbarining tegishli qarorlari ijrosini ta'minlash maqsadida kimyo, biologiya va fizika fanlari bo'yicha 11-sinf o'quvchilari o'rtasida maxsus fan olimpiadasi tashkil etildi. Mazkur bellashuvlar tuman, shahar hamda viloyat bosqichlarida o'tkazilib, unda jami 739 nafar o'quvchi o'z bilimini sinovdan o'tkazdi. Uch bosqichli saralash natijalariga ko'ra, har bir fan yo'nalishidan eng yuqori natija ko'rsatgan 60 nafar o'quvchi Guliston davlat universiteti hamda Guliston davlat pedagogika instituti bazasida sinovlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'ldi. Yakuniy bosqich natijalariga ko'ra esa 17 nafar iqtidorli o'quvchi mazkur OTMlarga rasman talabalikka qabul qilindi.

Innovatsion loyihalar va taqdirlash

Olimpiadalar yoshlarni aniqlash va ularni oliy ta'limga yo'naltirishda muhim bosqich ekanligi yana bir bor o'z tasdiqini topdi. Tadbir doirasida o'quvchilar "Mexatronika va robototexnika" hamda "Yashil energetika va elektr qurilmalari" yo'nalishlarida o'tkazilgan tanlovlarda o'zlarining innovatsion g'oya va loyihalarini namoyish etishdi. Uchrashuv yakunida g'olib bo'lgan o'quvchilar va hakamlar hay'ati a'zolariga diplom, pul mukofotlari hamda esdalik sovg'alari topshirildi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi