Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Reytingdagi ilgor pedagoglarga transport chiptalari uchun chegirma berilishi mumkin

O'zbekistonda yuqori natija ko'rsatgan maktab, bog'cha, texnikum va OTM pedagoglariga samolyot hamda poyezd chiptalariga chegirma berish taklif etilmoqda.

TTahririyat 1 daqiqa

O'zbekistonda mamlakat bo'ylab sayohat qilishni rejalashtirayotgan ayrim pedagog xodimlar uchun samolyot va poyezd chiptalari narxiga chegirmalar joriy etilishi kutilmoqda. Tegishli qaror loyihasi muhokama uchun taqdim etildi. Ushbu tashabbus ilk bor 2025 yil sentabr oyida prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan edi.

Chegirma kimlarga beriladi?

Qaror loyihasiga asosan, 2026/2027 o'quv yilidan boshlab respublika miqyosida yuqori natijalarga erishgan va reytinglarda yetakchilik qilgan ta'lim muassasalari xodimlariga doimiy asosda imtiyozlar taqdim etish rejalashtirilgan. Xususan, quyidagi pedagoglar bu imkoniyatdan foydalanishi mumkin:

  • respublika reytingida top-100 talikka kirgan umumta'lim va maktabgacha ta'lim tashkilotlari xodimlari;
  • top-20 talikka kirgan texnikumlar pedagoglari;
  • top-10 talikka kirgan oliy ta'lim muassasalari pedagoglari.

Imtiyoz shartlari

Qoidalarga ko'ra, aviachiptalar hamda temir yo'llar chiptalarining tarif qismiga 15 foiz miqdorida chegirma belgilanadi. Ushbu imtiyoz yilda bir marta beriladi va faqat bevosita (boshqa yo'nalishlarga o'tkazishsiz borish va kelish uchun) amalga oshiriladigan sayohatlarga tatbiq etiladi. Shu bilan birga, yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlar bu ro'yxatga kirmaydi, chegirma erkin sotuvdagi ekonom-klass, shuningdek, platskart yoki kupe tipidagi vagonlar uchun amal qiladi.

Mas'ul vazirliklar, jumladan Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda Oliy ta'lim vazirligi reytingdagi muassasalar haqidagi ma'lumotlarni «O'zbekiston temir yo'llari» hamda Uzbekistan airways kompaniyalariga muntazam ravishda yetkazib turadi. Sayohat qilish istagida bo'lgan har bir pedagogga ish joyi va lavozimini tasdiqlovchi ma'lumotnoma ta'lim tashkiloti rahbari tomonidan beriladi.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi