Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Surxondaryoda "Jadidlar izidan" tanlovining tuman va shahar bosqichlari yakunlandi

Surxondaryoda maktab o'quvchilari o'rtasida "Jadidlar izidan" tanlovining tuman va shahar bosqichlari bo'lib o'tdi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Surxondaryo viloyatida o'tkazilgan "Jadidlar izidan" respublika tanlovining tuman hamda shahar bosqichlari o'z nihoyasiga yetdi. Joriy mavsumdagi bellashuvlarda viloyat maktablaridan jami 101 mingdan ziyod o'quvchi o'z iqtidori va bilimini sinab ko'rish istagini bildirgan edi. Dastlabki saralash bosqichlarida zafar quchgan ikki mingga yaqin o'quvchi esa musobaqaning tuman va shahar bosqichiga yo'llanma oldi.

Jumladan, mazkur tanlovning Bandixon tumani bosqichida tuman bo'ylab 45 ta maktabdan jami 90 nafar 6-8 va 9-10 sinf o'quvchilari qatnashdi. Yoshlar milliy qadriyatlarimiz, an'ana va urf-odatlarimizga hurmat, shuningdek, mustaqillik hamda ma'rifatparvarlik g'oyalarini targ'ib etgan buyuk ajdodlarimiz merosini qanchalik o'zlashtirganini namoyish etdi.

Sinov shartlari va qatnashchilar bilimi

Ishtirokchilar Munavvar qori Abdurashidxonov, G'ulom Zafariy, Abdulla Qodiriy, Fitrat, Isoqxon To'ra Ibrat, Abdulla Avloniy, Abdulhamid Cho'lpon va Mahmudxo'ja Behbudiy kabi jadid bobolarimizning hayoti hamda boy ijodiga bag'ishlangan test savollarini yechishdi. Shuningdek, ikkinchi shartga ko'ra, ular jadidlar faoliyati bo'yicha o'z fikr-mulohazalarini erkin tarzda bayon qilib berishdi.

Ikki yosh toifasida tashkil etilgan bellashuv yakunlariga ko'ra, 6-8 sinflar o'rtasidagi bahslarda 22-maktab o'quvchisi Muslima Shoimova birinchi o'rinni qo'lga kiritdi. 9-10 sinflar o'rtasidagi bahsda esa 31-maktab o'quvchisi Zebuzar Doniyorova g'olib bo'ldi. Ushbu o'quvchilar tanlovning viloyat bosqichida qatnashish huquqini qo'lga kiritdi.

Musobaqa yakunida barcha g'olib hamda sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan maxsus diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi