Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Surxondaryoda maktabni muvaffaqiyatli tamomlagan iqtidorli bitiruvchilar taqdirlandi

Surxondaryo viloyatida maktabni oltin va kumush medallar bilan bitirgan, shuningdek, muddatidan oldintalaba bo'lgan yoshlar taqdirlandi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Surxondaryo viloyatining tuman va shahar hokimlari umumta'lim maktablarini oltin hamda kumush medallar bilan tamomlagan, fan olimpiadalarida yuqori ko'rsatkichlarga erishib, muddatidan ilgari talabalikka erishgan yoshlar bilan uchrashuvlar o'tkazmoqda. Mazkur tadbirlarda o'quvchilarning yutuqlari e'tirof etilib, ularga esdalik sovg'alari topshirilmoqda.

Jumladan, Boysun tumanida tashkil etilgan shunday tadbirda tuman hokimi Bahodir Shukurov ishtirok etib, a'lochi o'g'il-qizlarni maktabni muvaffaqiyatli tugatgani bilan tabrikladi va ularning kelgusi faoliyatiga muvaffaqiyat tiladi. Mazkur tumanda joriy o'quv yilida 62 ta umumta'lim va ixtisoslashtirilgan maktablarni jami 1 ming 723 nafar bitiruvchi yakunladi. Ularning orasidan 204 nafar yoshlar turli xalqaro va milliy sertifikatlarga ega chiqib, muddatidan avval talaba bo'lishdi. Shuningdek, 6 nafar o'quvchi oltin, 23 nafari esa kumush medal bilan taqdirlandi. Tantanali marosimda ushbu medallar o'z egalariga topshirildi, shuningdek, tanlov hamda fan olimpiadalarida muvaffaqiyat qozongan bitiruvchilar ham rag'batlantirildi.

Viloyat miqyosida esa yakunlangan o'quv yilida 11-sinfni bitirgan 37 ming 790 nafar o'quvchidan 325 nafari oltin va 86 nafari kumush medalni qo'lga kiritdi. Shu bilan birga, uch yuzdan ortiq o'g'il-qizlar o'zlari tanlagan yo'nalishlar bo'yicha nufuzli oliy ta'lim muassasalarining talabasiga aylanishdi. Ayni paytda viloyatning boshqa tumanlarida ham bilimli va izlanuvchan bitiruvchilarni rag'batlantirish ishlari davom ettirilmoqda.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi