Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Surxondaryoda o'qituvchilardan majburiy pul yig'ilayotgani aytilmoqda

Surxondaryo viloyati Jarqo'rg'on tumanidagi maktab o'qituvchilaridan majburiy pul yig'ish talab qilinmoqda.

TTahririyat 1 daqiqa

Surxondaryo viloyati Jarqo'rg'on tumanidagi 33-umumta'lim maktabi pedagoglari ta'lim muassasalarida majburiy pul yig'imlari davom etayotganidan shikoyat qildi. Ularning so'zlariga ko'ra, tuman hokimligi va maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tomonidan turli vajlar bilan mablag' yigish amaliyoti yo'lga qo'yilgan.

Majburiy yig'imlar va ko'rsatmalar

Murojaatda “Ramazon ehsoni” niqobi ostida turli sabablar bilan pul yig'ilayotgani, jumladan, maktab ta'miri va kam ta'minlangan oilalar uchun mablag' talab qilinayotgani bildirilgan. Pedagoglar davlat tomonidan ajratilayotgan mablag'lar qayerga ishlatilayotganini savol ostiga qo'yishgan.

Telegram guruhdagi topshiriq

Ma'lum bo'lishicha, 20 fevral kuni maktab direktori Oysara Uzoqova Telegram guruh orqali o'qituvchilarga tezkor topshiriq bergan. Unga ko'ra, har bir pedagog 25 ming so'mdan pul yig'ib berishi talab qilingan. Direktor o'rinbosari Anvar Rajabov qo'ng'iroq qilib, ertalab soat 9:00 gacha 1 million so'm pulni hokimiyatga olib borib berish kerakligini aytganini ta'kidlagan.

Remont uchun qo'shimcha xarajatlar

Shuningdek, topshiriqda 66-maktabning sinf xonalarini ta'mirlash uchun har bir maktabga xonalar taqsimlangani va bu uchun 400 000 so'mdan pul yig'ilishi belgilangani ma'lum qilingan. Direktor bu kabi topshiriqlar barcha maktab va bog'chalarga bir xil berilayotganini qo'shimcha qilgan.

Ma'lumot o'rnida, Anvar Uralovich Rajabov Jarqo'rg'on tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari lavozimida faoliyat yuritadi.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi