Nodavlat kasbiy ta'lim tashkilotlari rahbarlari ishtirokida ochiq muloqot bo'lib o'tdi
Kasbiy ta'lim agentligi tomonidan nodavlat kasbiy ta'lim tashkilotlari rahbarlari bilan ochiq muloqot o'tkazildi.

Bugungi kunda ta'lim tizimiga, xususan, iqtisodiyotning real sektorini malakali kadrlar bilan taminlash hamda mehnat bozori talablariga mos mutaxassislarni tayyorlash masalasiga davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri sifatida alohida e'tibor qaratilmoqda. Shu bois kasbiy ta'lim tizimida ham keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Islohotlar va hamkorlik yo'nalishlari
Ma'lum qilinishicha, texnikumlar faoliyati tubdan takomillashtirilib, dual ta'lim keng joriy etilmoqda. Shuningdek, ish beruvchilar bilan hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish hamda bitiruvchilar bandligini taminlash tizimini qayta ko'rib chiqish ishlari olib borilmoqda. Bu jarayonda nodavlat kasbiy ta'lim tashkilotlarining o'rni muhim ahamiyat kasb etadi.
Ochiq muloqot va muhokama qilingan masalalar
Belgilangan tartib va nizomlarning amalda qo'llanish jarayonlarini nazoratga olish maqsadida O'zbekiston Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta'lim agentligi tomonidan nodavlat kasbiy ta'lim tashkilotlari rahbarlari bilan ochiq muloqot tashkil etildi.
Tadbirning asosiy maqsadi nodavlat kasbiy ta'lim tizimining bugungi holatini birgalikda tahlil qilish, mavjud muammolarni ochiq muhokama qilish va kelgusidagi ustuvor vazifalarni belgilab olishdan iborat bo'ldi. Ochiq muloqot yakunida bildirilgan takliflar hamda ularni amalga oshirish mexanizmlari Agentlik tomonidan alohida ko'rib chiqilishi belgilandi.
Manba: UzA


