O'zbekistonda yana o'nta xorijiy til va huquqshunoslikdan milliy sertifikat beriladi
Hukumat qaroriga asosan 2026 yil 1 sentyabrdan 11 ta yangi til va huquqshunoslik fanidan milliy sertifikat tizimi joriy etiladi.
Vazirlar Mahkamasining «Milliy sertifikat berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi 411-son qarori qabul qilindi.
Yangi tillar va huquqshunoslik imtihonlari
Qarorga muvofiq, 2026 yil 1 sentyabrdan boshlab xitoy, koreys, yapon, ispan, italyan, fors, dari, pushtu, urdu, hindiy va uyg'ur tillari bo'yicha ko'p darajali (multi-level) milliy sertifikat test tizimi amaliyotga kiritiladi. Shuningdek, 2026-2027 o'quv yilidan boshlab huquqshunoslik fanini bilish darajasini aniqlash va milliy sertifikat berish tizimi yo'lga qo'yiladi.
Huquqshunoslik fani bo'yicha test topshiriqlari umumiy o'rta ta'lim dasturlari, O'zbekiston konstitutsiyasi hamda amaldagi qonunchilik hujjatlari asosida shakllantirilishi belgilandi.
Imtihonlar haqida ma'lumot
Qarorga ko'ra, milliy sertifikat imtihonlari o'tkaziladigan sana va joylar Bilim va malakalarni baholash agentligining rasmiy veb-sayti hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali oldindan e'lon qilib boriladi.
Manba: Kun.uz
