Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Toshkent amaliy fanlar universiteti xalqaro hamkorlikni kengaytirmoqda

Toshkent amaliy fanlar universiteti (TAFU) xalqaro aloqalarni rivojlantirib, ilmiy salohiyatni oshirish va Malayziya bilan yangi bitim imzolash borasida ish olib bormoqda.

TTahririyat 2 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Tashkil topganining besh yilligini nishonlayotgan Toshkent amaliy fanlar universiteti (TAFU) mamlakatdagi xususiy ta'lim tashkilotlari orasida alohida o'rin tutadi. Hozirgi kunda mazkur universitetda 20 mingdan ortiq talaba tahsil olayotgan bo'lib, ularga 500 nafardan ziyod professor-o'qituvchi saboq bermoqda. Oliy ta'lim muassasasi mamlakatdagi 74 ta xususiy ta'lim tashkilotidan bitiruvchilariga davlat ta'lim standarti bo'yicha diplom beradigan 5 ta universitetdan biri sanaladi.

Professor-o'qituvchilar salohiyati va ilmiy faoliyat

Universitetda ta'lim sifatini ta'minlash va zamonaviy raqobat muhitida raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga alohida e'tibor qaratiladi. Muallimlarni ishga qabul qilishda ularning ilmiy salohiyati, xorijiy tillarni bilishi, nufuzli ilmiy jurnallardagi maqolalari, darslik hamda o'quv qo'llanmalari muallifi ekanligi va xalqaro "hersh" indeksiga egaligi muhim mezon hisoblanadi. So'nggi 3 yil ichida 27 nafar professor-o'qituvchi xorijdagi yetakchi universitetlarda malakasini oshirib qaytdi.

Ilmiy tadqiqotlarni tijoratlashtirish va o'quv jarayonini innovatsiyalar bilan bog'lash yo'lida xalqaro hamkorlik muhim ahamiyat kasb etmoqda. TAFUda tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda Germaniya, Buyuk Britaniya, Latviya, Litva, Estoniya, Indoneziya, Hindiston, Janubiy Koreya, Qozog'iston, Tojikiston, Qirg'iziston va Turkmaniston kabi davlatlar vakillari qatnashdi. O'tgan o'quv yilida universitet o'qituvchilarining Scopus va WoS tizimlarida 342 ta maqolasi indeksatsiyalandi, shuningdek, 31 ta ma'ruza va tezis e'lon qilindi. Toshkent davlat texnika universiteti bilan hamkorlikda 5 ta patent ro'yxatdan o'tkazildi.

Xalqaro aloqalar va yangi kelishuvlar

Universitetda so'nggi 3 yilda 10 ta xalqaro ilmiy konferensiya o'tkazildi. TOP-500 reytingiga kiruvchi OTMlar bilan ilmiy tadqiqotlar olib borish bo'yicha 2 ta shartnoma imzolandi. Shuningdek, xalqaro Kiberxavfsizlik Sammiti doirasida o'tkazilgan xakerlik musobaqasida universitetning axborot xavfsizligi ixtisosligi talabasi Kamron Mamedov 3-o'rinni egalladi.

Kunikecha Malayziyaning "KOLEJ POLY-TECH MARA SDN. BHD" ("KPTMSB") kompaniyasi va TAFU o'rtasida hamkorlik to'g'risidagi niyat xati imzolandi. Mazkur kompaniya xususiy ta'lim muassasalarini boshqarish bilan shug'ullanib, uning boshqaruvida Malayziya politexnika universiteti va oltita kollej mavjud. Ushbu hujjat doirasida tomonlar akademik hamkorlik, madaniy almashinuv, xodimlar almashinuvini rag'batlantirish hamda yanada keng qamrovli bitimlar tuzish yo'lida ishlashga kelishib olishdi. Tadbirda O'zbekistonning Malayziyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Karomiddin Ibodovich Gadoyev ham ishtirok etdi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi