Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Toshkent davlat agrar universitetida amaliyot va o'qish jarayoni tubdan isloh qilinadi

Toshkent davlat agrar universitetida talabalarni traktorchi-mashinist va agrodron foydalanuvchisiga o'qitish, o'qish muddatini qisqartirish hamda amaliyot tizimini kuchaytirish rejalashtirilmoqda.

TTahririyat 1 daqiqa

O'zbekistonda qishloq xo'jaligi sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish va ta'lim sifatini oshirish bo'yicha muhim chora-tadbirlar belgilandi. Xususan, Toshkent davlat agrar universitetida hozirda 13,6 ming nafar talaba ta'lim olayotgan bo'lsa-da, o'quv jarayonining amaliyot bilan yetarlicha bog'lanmagani sababli bitiruvchilarning atigi 55 foizi o'z sohasida ishlayotgani qayd etildi.

Shu munosabat bilan ta'lim, ilmiy tadqiqot va ishlab chiqarishni uzviy bog'laydigan tizim yaratish, mehnat bozori talabiga mos yetuk mutaxassislar tayyorlash vazifalari belgilandi. Kelgusida universitet talabalarining 6,8 ming nafari ishlab chiqaruvchi tashkilotlar, korxonalar va agroklasterlarda, 2,6 mingdan ziyodi Qishloq xo'jaligi vazirligi tizimidagi 22 ta ilmiy-tadqiqot institutida amaliyot o'tashi ko'zda tutilgan.

Shuningdek, fermer hamda uning xodimlari farzandlarining test sinovlarida ballari qabul parametrlariga yetmaganda, miqdori kamaytirilgan to'lov-kontrakt asosida universitetga qabul qilish, yettita ta'lim yo'nalishi bo'yicha o'qish davomiyligini 4 yildan 3 yilga qisqartirish taklif etildi. Shuning bilan birga, talabalarni traktorchi-mashinist guvohnomasi va agrodronlardan foydalanishga o'qitish yo'lga qo'yiladi.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi