Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Toshkent shahridagi oliy ta'lim muassasalarida darslar boshlanish vaqti o'zgardi

Yangi o'quv yilidan boshlab Toshkentdagi oliygohlarda birinchi smena darslari soat 08:00 da boshlanadi.

TTahririyat 1 daqiqa

Yangi o'quv yilidan boshlab Toshkent shahrida joylashgan oliy ta'lim tashkilotlarida birinchi smenadagi o'quv mashg'ulotlari soat 08:00 da boshlanishi belgilandi.

Oliy ta'lim vazirligining ma'lum qilishicha, ushbu yangi tartib poytaxtda ertalabki va kechki tig'iz paytlarda yo'llardagi transport yuklamasini kamaytirishga qaratilgan. Shuningdek, mazkur tartib kunduzgi va kechki ta'lim shakllarida tahsil olayotgan talabalar uchun o'quv kunini to'g'ri rejalashtirish, mashg'ulotlar hamda boshqa o'quv faoliyati uchun vaqt imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Yangi o'quv yiliga tayyorgarlik ko'rish jarayonida Toshkent shahridagi oliy ta'lim tashkilotlari rahbarlari, professor-o'qituvchilar, pedagoglar hamda talabalar mazkur tartibni inobatga olishlari so'raladi.

Eslatib o'tamiz, avvalroq Toshkent shahar hokimligi poytaxtdagi bir qator davlat tashkilotlarida ish vaqtini soat 8:00 dan 17:00 gacha deb belgilash taklifini ilgari surgan edi.

Manba: Kun.uz

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi