Tezkor
•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi•Toshkentdagi ikki akademik litseyda ixtisoslashtirilgan "Atom sinflari" ochiladi•Farg'onadagi nodavlat tibbiyot universiteti faoliyati va xalqaro hamkorlik rejalari•Deputatlar maktab va bog'chalarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligini o'rganmoqda•Andijonda tibbiyot instituti bitiruvchilarining bandligi va ishga joylashuvi muhokama qilindi•O'zbekistonda inson kapitalini rivojlantirish va ta'lim islohotlarining yangi bosqichi boshlandi•Navoiy viloyatida o'qituvchilar malakasini oshirish va innovatsiyalarni joriy etish natijalari muhokama qilindi•Chevening dasturi orqali Buyuk Britaniyada magistraturada o'qish imkoniyati•Talabalarning sun'iy intellekt haqidagi tasavvurlari va yondashuvlari o'rganildi•Guliston davlat universitetida xalqaro tibbiy ta'lim va tajriba muhokama qilindi•Toshkent islom instituti tashkil etilganining 55 yilligiga bagishlangan ilmiy-amaliy anjuman o'tkazildi

Toshkent viloyatidagi maktablarda yangi STEM va inklyuziv sinflar ochiladi

Toshkent viloyatining uchta maktabida raqamli texnologiyalar va STEM laboratoriyalari bilan jihozlangan sinfxonalar foydalanishga topshiriladi.

TTahririyat 1 daqiqa
Foto: O'zA
Foto: O'zA

Yaqin kunlarda Toshkent viloyatidagi uchta umumiy o'rta ta'lim maktabida raqamli texnologiyalar va zamonaviy o'quv jihozlari bilan to'liq ta'minlangan STEM hamda inklyuziv sinfxonalar o'quvchilar ixtiyoriga topshiriladi.

Monitoring va qamrov

Viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi ishchi guruhi tomonidan mazkur ta'lim muassasalarida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan monitoring o'tkazildi. O'rganishlar Bekobod shahridagi 17-sonli, Oqqo'rg'on tumanidagi 18-sonli hamda Piskent tumanidagi 8-sonli umumiy o'rta ta'lim maktablarini qamrab oldi.

Xalqaro loyiha tafsilotlari

Mazkur ishlar “Ishonch – 2030” jamg'armasi mablag'lari hisobidan, YUNISEF va YUNESKO hamkorligida amalga oshirilayotgan “O'zbekistonda ta'lim imkoniyatlarini kengaytirish: yuqori sifatli va inklyuziv ta'lim natijalari uchun AKT va raqamli ta'limdan foydalanish” loyihasi doirasida olib borilmoqda. Unga muvofiq respublika bo'yicha saralangan 50 ta umumiy o'rta ta'lim maktabi qatoriga Toshkent viloyatidan ham ushbu uchta ta'lim muassasasi kiritilgan.

Monitoring davomida maktablarda raqamli innovatsiya (STEM) xonalari va inklyuziv ta'lim sinflarini tashkil etish ishlari to'liq yakunlangani qayd etildi. Sinfxonalar portativ raqamli qurilmalar, STEM laboratoriyasi jihozlari hamda alohida ta'lim ehtiyojiga ega o'quvchilar uchun mo'ljallangan zamonaviy yordamchi texnologiyalar bilan jihozlangani belgilangan tartibda xatlovdan o'tkazildi.

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, mazkur loyiha ta'lim jarayoniga raqamli pedagogika elementlarini keng joriy etish, o'quvchilar uchun zamonaviy ta'lim muhitini yaratish hamda inklyuziv ta'lim imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qiladi. Bu esa yosh avlodning zamonaviy bilim va ko'nikmalarni egallashi uchun mustahkam zamin yaratadi.

Manba: UzA

Maqola foydali bo‘ldimi? Do‘stlaringizga ulashing

Mavzuga oid

Barchasi